Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayni damda Kremlda ishlamoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.
Avvalroq Rossiyadagi bir qator Telegram kanallarida Putin go‘yoki Rossiyaning boshqa viloyatidagi qarorgohiga jo‘nab ketgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi.
“Prezident Kremlda ishlamoqda”, dedi Putinning matbuot kotibi.
23-iyun kuni Peskov Putinga “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning bayonoti atrofidagi vaziyat haqida xabar berilganini aytgandi. Bugun 24-iyun kuni Putin mamlakat xalqiga murojaat qildi. U qurolli isyon tashkilotchilarini “sotqinlar” deb atadi va “ular muqarrar jazoga tortilishi”ga va’da berdi.
Izoh (0)