O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi barcha vatandoshlarni Rossiya hududida amalda bo‘lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqirdi.
“Elchixona O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida amalda bo‘lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqiradi.
Axborot maydonida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga berilmaslik va mamlakat rasmiy vakillarining ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘raymiz.
Sizga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatimizning Rossiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalari to‘liq ish rejimida ishlaydi.
Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining yagona Call-markaziga zudlik bilan murojaat qilishlarini so‘raymiz: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20”, deyiladi elchixona murojaatida.
Izoh (0)