Ispaniyada qalbaki pullar ishlab chiqaradigan markaz aniqlandi. Jinoyatchilar asosan 20 va 50 yevrolik banknotalarni qalbakilashtirgan.
Markaz Andalusiya avtonom hamjamiyatidagi Kadis provinsiyasida joylashgan bo‘lgan. Laboratoriya binosi tintuv qilinganda milliy politsiya xodimlari u yerdan kompyuter va printer, katrijlar, qog‘ozlar, kesilgan gologramma chiziqlar va tayyor qalbaki banknotalar, shuningdek, 1500 yevrolik naqd pul topdi.
Dastlabki tergov shuni ko‘rsatdiki, markaz umumiy qiymati 7000 yevro bo‘lgan qalbaki banknotalarni muomalaga chiqargan bo‘lishi mumkin, deyiladi mamlakat huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati xabarida.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)