Toshkent shahrining ikki tumanida 22-iyun kuni elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, taʼmirlash ishlari tufayli 22-iyun kuni Toshkentning quyidagi tumanlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi hududidagi jami 480 ta aholi va 7 ta ulgurji isteʼmolchilarda soat 10:00 dan 18:00 gacha;
- Shayhontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi hududidagi jami 158 ta aholi va 5 ta ulgurchi isteʼmolchilarda soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Izoh (0)