Qashqadaryo viloyatida departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i avtohalokatga uchradi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat 20-iyun kuni soat 16:10 larda Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani Qorashina shaharchasida sodir bo‘lgan. Termiz—Toshkent xalqaro yo‘lida departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i B.G‘. o‘ziga biriktirilgan Nexia-3 da harakatlanib kelayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdagi fuqaro Sh.F. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Shuningdek, orqa tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro U.Yo. boshqaruvidagi Spark ham B.G‘. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasiga kelib urilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli sud tibbiyot ekspertizalari hamda departament xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)