• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Osmondan uzun belgi ko‘rindi, kimdir yiqildi. Keyin bilsak, jiyanimni yashin urgan ekan”. Paxtaobodda 17 yoshli yigitning o‘limi haqida

    Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida 19-iyun kuni fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida ishlayotgan ikki kishini chaqmoq urgani, bir kishi vafot etgani xabar qilingandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning holat yuzasidan qo‘shimcha qilishicha, vaziyat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Daryo” muxbiri mazkur voqeani o‘rganish maqsadida Paxtaobod tumanida bo‘ldi.

    Chaqmoq chaqishidan jabrlangan 15 yoshli qizning otasi Abdurasul Qodirovning aytishicha, o‘sha kuni u turmush o‘rtog‘i va qizi bilan birgalikda paxta chopiqqa chiqqan.

    Abdurasul Qodirov.
    Foto: “Daryo”

    “Qizim uch yildan beri fermer dalasida ishlaydi. Men ham sog‘lig‘im yaxshi bo‘lgan paytda ayolim bilan tirikchilik qilib, o‘sha dalalarda ketmon chopaman. Tirikchiligimiz shu. Har yili fermerlardan yer olib, bahordan kuzgacha ishlaymiz. O‘sha kuni doimgidek ish vaqtida, taxminan 06:30—07:00 lar atrofida qizim va onasi bizga ajratilgan yerni chopish uchun uydan chiqib ketishgandi. O‘lgan bolaning onasi va ayolim bir-biriga qarashib, ishlayotgan bo‘lgan. Chaqmoq chaqib, qizim va o‘sha bolani urgach, xotinim baqirgan. Unga ham ozgina teggan, shekilli, uchib ketgan. O‘ziga kelib, o‘rnidan turib, hammani yordamga chaqirgan. Atrofdagi yong‘oq va sholi ekayotganlarning hammasi yugurib kelib, yordam bergan. Bolaning yaqinlari uni tez yordamga olib kelgunga qadar uning joni uzilib bo‘lgan ekan. Qizimni birozdan keyin ayasi va boshqalar olib kelishdi. Qizimning yoniga borganimda uning holati yomon edi. Bir kun tumandagi shifoxonada yotdi, keyin viloyat shifoxonasiga o‘tkazishdi”, — deydi qizning otasi Abdurasul Qodirov.

    Voqea joyi.
    Foto: “Daryo”

    Chaqmoq urishi oqibatida vafot etgan Baxtiyor Sohibjonovning kelinoyisi Feruza Yo‘ldoshevaning aytishicha, u o‘sha kuni voqea yuz bergan joydan sal uzoqroqda bo‘lgan.

    Feruza Yo‘ldosheva.
    Foto: “Daryo”

    “Ular sal uzoqroqda edi. Dalada ish qilayotgandik. Ularga yaqinlashganimda osmondan charsillagan uzun belgi tushdi, kimdir yiqildi. Uzoqroqda bo‘lganim uchun kimligini bilmay qoldim. Keyin bilsak, o‘zimning jiyanim ekan. Jiyan vafot etdi”, — deydi Feruza Yo‘ldosheva.

    Voqea joyi.
    Foto: “Daryo”

    Yigit va qizni yashin urgan paytda voqea joyida uchinchi shaxs ham bo‘lgan.

    Chaqmoq urishidan jarohat olgan qizning onasi Nargiza Ismonovaning aytishicha, havo o‘zgargach bolalariga ketmonni tashlang, degan va qaytishga taraddudlangan. Biroq qisqa muddat ichida yuz bergan chaqmoq yigit va qizni ikki tomonga uloqtirgan.

    Voqea joyi.
    Foto: “Daryo”

    “10—15 yildan buyon shu ‘Do‘stlik’ fermer xo‘jaligida ishlayman. Tirikchiligimiz asosan shu. Ikki-uch yildan beri ikkita fermer xo‘jaligidan rizqimizni teramiz. Bu yil bitta fermerdan bir, ikkinchisidan 2,5 gektar yer olganmiz. 19-iyun kuni ertalab soat 06:00—07:00 atrofida bitta Damas’da uchalamiz dalaga keldik. Ozgina ish qilganimizdan keyin soat 08:00 da havo o‘zgarib, to‘palon bo‘ldi. Momaqaldiroq gumburladi. Shundan keyin bolalarga ketmonni tashlashlari kerakligini aytib, ketamiz, dedim. Oradan besh daqiqa ham o‘tmadi, birdaniga ikkinchi chaqmoq tushdimi, bilmayman, orqamga qarasam ikkovi ikki tomonda yotgan ekan. Baqirib, atrofdagilardan yordam so‘radim. Ovozimni eshitganlar kelib yordam qilishdi. O‘sha yerda bir necha marotaba tez yordamga telefon qildik, biroq ko‘tarishmadi. Aytishlaricha, tez yordam telefonlari Andijon viloyati markaziga ulangani uchun tusholmaganmiz. Natijada o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatilmadi. Shu bois qo‘shnimizning o‘g‘li vafot etdi. U oilada yagona o‘g‘il edi. Bolani olib borgach, orqasidan biz ham bordik. Borganimizdan keyin bizni Paxtaobodga olib ketishdi. Ertasiga viloyat shoshilinchga olib kelishdi. Bu ham bir sinov ekan-da”, — deydi Nargiza Ismonova.

    Nargiza Ismonova.
    Foto: “Daryo”

    Paxtaobod tuman tez tibbiy yordam bo‘limi Madaniyat shoxobchasi navbatchi shifokori G‘ulomjon Salohiddinovning aytishicha, soat 08:00 lar atrofida shoxobchaga ikki nafar bemor olib kelingan bo‘lib, ularning bir nafarida olib kelingunga qadar biologik o‘lim sodir bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    “19-iyun kuni ertalab soat 08:00 larda navbatchilikni qabul qilish uchun bordim. Formamni almashtirayotganimda bir yigitni olib kelishdi. Behush holatda ekan. Ichkariga olib kirishgach, sherigim yordam ko‘rsata boshladi. Chiqib ko‘rsam, yigitda hayotiy muhim belgilar yo‘q, biologik o‘lim sodir bo‘lgan ekan. Keyin bilsak, yashin urgan ekan. Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan bir qizni olib kelishdi. U ham sal avvalroq olib kelingan o‘sha bola bilan birga dalada bo‘lgan ekan. Ust-boshlari kuyib ketgan, terisidayam ancha kuyishlari bor edi. Unga ham kerakli birinchi yordamni ko‘rsatdik. Hamkasblarimizning aytishicha, hozirda qizning holati yaxshi”, — deydi navbatchi shifokor G‘ulomjon Salohiddinov.

    G‘ulomjon Salohiddinov.
    Foto: “Daryo”

    Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumot berishicha, chaqmoq urishi natijasida jarohat olgan qiz 20-iyun kuni Paxtaobod tuman shifoxonasidan Andijon shahridagi Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga yotqizilgan. Bemorning ahvoli o‘rta og‘ir holatda bo‘lib, davo muolajalarini olmoqda.

    21.06.2023, 17:53   Izoh (0)   24827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Lacetti haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan yosh bolani urib yubordi (video)

    21.06.2023, 17:38

    Gulistondagi chorrahada Lacetti yonib ketdi

    21.06.2023, 17:13

    O‘zbekistonda kovid bilan kasallanganlar bilan ishlayotgan shifokorlarga ustamalar kamaytirildi

    21.06.2023, 16:42

    Toshkent metropolitenidagi 12 ta bekatga zamonaviy videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi 

    21.06.2023, 16:14

    O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    21.06.2023, 16:10

    Surxondaryoda temiryo‘lni kesib o‘tayotgan “Jiguli”ni poyezd urib yubordi

    21.06.2023, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50

    Jiddiy filmlarning suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili voqealar

    Kino | 8 avgust, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.