Toshkent shahar Yashnobod tumanida 20-iyun kuni Lacetti velosiped boshqarib ketayotgan yosh bolani urib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 20-iyun kuni soat 13:30 larda Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko‘chasida 1973-yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagini velosipedda kesib o‘tayotgan 2014-yilda tug‘ilgan A.A.ni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida fuqaro A.A. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)