Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida 19-iyun kuni fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida ishlayotgan 2 kishini chaqmoq urgani, 1 kishi vafot etgani xabar qilingandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat oqibatida 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etgan.
Qizning ahvoli qoniqarli bo‘lib, hozirda shifoxonada davollanmoqda.
“Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)