Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga ko‘tarilib, 11 490 so‘mni tashkil qildi. Yevro 31,42 so‘mga ko‘tarilib, 12 522,83 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,23 so‘mga tushib, 136,55 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 477 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl tushgandi.
Izoh (0)