Professional boksning yarim o‘rta (-66,6 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (14-0, 9 KO) O‘zbekiston vaqti bilan 18-iyun tongida AQSHda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Yangi Orlean shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida O‘zbekiston vakiliga amerikalik Harold Kalderon (27-1, 18 KO) raqib bo‘ldi. Jang 12 raund davom etdi va ularning katta qismida G‘iyosov faollik ko‘rsatdi.
Yakunda hakamlar bir ovozdan Shahramning g‘alabasini qayd etdi — 120-108, 118-110, 116-112.
Mazkur g‘alaba evaziga G‘iyosov WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylandi.
29 yoshli o‘zbekistonlik bokschi prof ringdagi 14-g‘alabasini qayd etdi. 35 yoshli Kalderon esa ketma-ket 27 g‘alabadan keyin faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Izoh (0)