O‘zbekistonda bir kunda — 14-iyun kuni qariyb uch ming odam ishga joylashtirildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 14-iyun kuni 10 989 nafar fuqaro bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolangan. Tuman va shahar bandlik bo‘limlari ko‘magida:
- 2 832 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan;
- 405 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan;
- 1 399 nafar nafaqa yoshiga yetgan ishsiz fuqaroning mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma‘lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi”ga kiritildi.
Izoh (0)