AQSHda Vyetnam urushi haqidagi maxfiy hujjatlarni oshkor qilgan Daniel Ellsberg vafot etdi, deb xabar bermoqda Euronews.
U 92 yoshida vafot etdi. Fevral oyida Ellsberg oshqozon osti bezi saratoni bilan kasallangani ma’lum bo‘lgandi.
AQSH hukumat-harbiy elitasining yuqori martabali a’zosi bo‘lgan Ellsberg AQSHning Vyetnam urushidagi (1955—1975) ishtiroki to‘g‘risidagi Pentagonning maxfiy hujjatlaridan nusxa ko‘chirgan va Amerika ommaviy axborot vositalariga topshirgan. 1970-yillarning boshlarida bu nashrlar ommaviy rezonansga sabab bo‘lgan. Hokimiyatdagilar OAVdagi materiallarni sud orqali ta‘qiqlashga uringan, ammo oxir-oqibat Oliy sud jurnalistlar foydasiga qaror chiqargan.
Millionlab amerikaliklar, jumladan hukumat ichidagi ko‘plab kishilar singari Ellsberg ham Vyetnam urushiga qarshi chiqqandi. U hukumatni Shimoliy Vyetnamning AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan janub ustidan g‘alabasi butun mintaqaga kommunizmni yoyishi haqida ogohlantirgan.
Pentagon hujjatlari birinchi marta 1971-yil iyun oyida The New York Times gazetasida, keyinroq The Washington Post, Associated Press va o‘ndan ortiq boshqa gazetalarda chop etilgan.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Genri Kissinjer Ellsbergni “Amerikadagi eng xavfli odam” deb atagandi.
Izoh (0)