Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Serik Kudebayev tunnel orqali Qirg‘izistonga qochib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosari Jandos Umiraliyevga tayanib, “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Umiraliyevga ko‘ra, qochoq general chegara postini kesib o‘tmagan.
“Serik Kudebayev hibsga olindi, ish sudga yuborildi. Ko‘rsatmasiga ko‘ra, u Qozog‘iston chegarasini Kegen viloyatida, chegaradagi tunnel orqali metall panjarani ko‘targan holda kesib o‘tgan”, — dedi Umiraliyev.
Shuningdek, Kudebayev chegaragacha avtomobilda olib kelingan, biroq haydovchi javobgarlikka tortilmasligi, chunki u generalning rejasidan bexabar ekani ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 3-aprel kuni Olmaota viloyati politsiya departamentining sobiq boshlig‘i sudga kelmagan va xalqaro qidiruvga berilgandi.
Chegara xizmati Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Serik Kudebayev chegarani rasman kesib o‘tmaganini maʼlum qildi.
12-aprel kuni Bosh prokuratura Kudebayevga nisbatan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Keyinroq Kudebayev Qirg‘iziston orqali Turkiyaga qochib ketgani ma’lum bo‘ldi.
Talgat Satibaldi, Ostona
Izoh (0)