AQSH Vakillar palatasi a’zosi Loren Bobert Kongressga mamlakatning amaldagi prezidenti Jo Baydenga impichment e’lon qilish haqidagi hujjatni taqdim etdi. Bu haqda deputat Twitter’da ma’lum qildi.
Bobertning so‘zlariga ko‘ra, Bayden AQSHning janubiy chegaralarini himoya qila olmagani uchun u Kongressga impichment moddalarini taqdim etgan.
“Jo Bayden janubiy chegaramizni himoya qilish bo‘yicha o‘zining konstitutsiyaviy burchini to‘liq bajara olmadi. Aynan shu sababga ko‘ra impichment haqidagi bandni ko‘rib chiqish uchun taqdim etdim. Men Baydenni o‘z lavozimidan chetlatish kerak, deb hisoblayman”, — dedi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident Donald Tramp AQSH tarixida ikki marta impichment olgan ilk prezidentga aylangandi.
Izoh (0)