• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi tumanida ikki fermerning pishib turgan g‘allasi o‘rimdan qoldirildi. Hokim “o‘zboshimcha” fermerlarni shu tarzda jazolayotgani aytilmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Charog‘il qishlog‘ida g‘alla yetishtiruvchi 54 ta fermer xo‘jaligining 52 tasida yetishtirilgan g‘alla o‘z vaqtida o‘rib olindi. Tuman hokimi qahriga uchragani aytilayotgan ikkita fermer xo‘jaligi — “SHDF zamin ravnaqi” va “Parizoda Ro‘ziqulova” fermer xo‘jaligiga qarashli 37 gektar maydondagi g‘alla esa hali-hamon o‘rib olinmagan. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan fermerlarning aytishicha, mazkur maydondagi g‘allani o‘rishga kirishgan kombaynlarga ham hokim taqiqi qo‘yilgan.

    “Biz paxta yetishtirish bo‘yicha avvaldan hamkorlik qilib kelganimiz Naqshab klasteri bilan ishlayapmiz. Tumanimizda avvaliga kooperatsiya ayni paytda esa klaster sifatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ishlamayapmiz. Birinchidan avvaldan o‘sha Naqshab klasteri o‘zimizga maʼqul kelgani uchun, qolaversa ishonchimizni qozongani uchun eski hamkorlikni davom ettirayotgandik. Endilikda tuman hokimi bizga shart qo‘yib, eski klaster bilan hamkorlikni to‘xtatib, tumandagi klaster bilan ishlash majburiyatini qo‘ymoqda. Agar bunday qilmasak, g‘allamizga kombayn kirmasligi, g‘allamiz o‘rilmay qolishini aytmoqda”, — deydi bu haqda tahririyatga murojaat qilgan fermerlardan biri “Parizoda Ro‘ziqulova” fermer xo‘jaligi rahbari Bekzod Farmonov.

    Yana bir fermer “SHDF zamin ravnaqi” fermer xo‘jaligi rahbari Ravshan Yusupovning aytishicha, ular o‘zi istagan klaster bilan hamkorlik qilgani uchun hokim qahriga uchgan.

    “17 gektar maydonga g‘alla yetishtirganmiz. G‘allamiz tayyor. Lekin g‘allani o‘rishga kombayn berilmayapti. Sababi tuman hokimimiz aytgan klaster bilan emas, avvaldan ishlab kelgan klaster-hamkorimiz bilan ishlab kelayotgandik. Bu hokimga yoqmagani uchun hokim bizga tumandagi klaster bilan ishlash shartini qo‘ymoqda. Agar eski hamkorimiz bilan ishlashda davom etsak, g‘allamizga kombayn berilmasligi, shuncha mehnatimizga kuyib qolishimiz aytildi”, — deydi fermer Ravshan Yusupov.

    “Daryo” fermerlar ayblovi bo‘yicha Qarshi tumani hokimligi masʼullari bilan muloqot qildi.

    Tahririyatning bu haqdagi savollariga javob bergan Qarshi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari To‘lqin Turdiyev shaxsan hokimning o‘zi fermerlar iddaosini rad etganini, Charog‘il hududidagi fermerlar g‘allasi navbati bilan o‘rib kelinayotganini maʼlum qildi.

    “Bu masalada hech qanday muammo yo‘q. Fermerlarga bunday taqiq qo‘yilmagan. Charog‘il hududidagi mavjud 54 ta fermerning g‘alla maydoni navbati bilan o‘rilmoqda. Shu kecha kunduzgacha 50 ta fermer g‘allasi o‘rilgan bo‘lsa, kecha kechasi qolgan to‘rtta fermerlardan birining g‘allasi o‘rilgan. Ayni paytda esa (soat 15:30 lar atrofi —tahr.) o‘sha to‘rtta fermer xo‘jaligidan yana birining dalasi o‘rilmoqda. Sizga shikoyat qilgan ikkita fermer xo‘jaligining g‘allasi esa bugun kechki payt o‘rib olinadi”, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari To‘lqin Turdiyev.

    Maqola eʼlon qilinayotgan paytda fermer Bekzod Farmonov tahririyatga aloqaga chiqib, “Daryo” so‘rovidan so‘ng hokimlik masʼullaridan iborat vakillar kelib, g‘alla o‘rimiga yaroqsiz bo‘lgan 2 ta kombayn keltirishganini, ammo bu kombaynlar g‘alla o‘rimiga yaroqsiz bo‘lgani bois, g‘allasi bu kombaynlar bilan o‘rilishiga qarshilik qilganini bildirdi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    12.06.2023, 19:11   Izoh (0)   13213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston afg‘onistonlik qizlarning orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam berayotganidan faxrlanaman” — Saida Mirziyoyeva

    12.06.2023, 18:54

    Toshkentda yo‘lovchi elektrobusi haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘ydi (video)

    12.06.2023, 18:46

    “2022-yilda hokimlarning yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi 5 ta qarori bekor qilingan” — Adliya vazirligi

    12.06.2023, 18:39

    Farg‘onada 7 yoshli bolani qutqarib, o‘zi qochishga ulgurmagan ayolni poyezd bosib ketdi

    12.06.2023, 18:34

    Rossiyada ish haqini ololmayotgan o‘zbekistonliklarga 5,6 ming dollar undirib berildi

    12.06.2023, 17:44

    Qashqadaryoda fermerlar noroziligi ortidan qamalgani aytilgan bloger aslida tuman hokimi va bosh hisobchi bilan qarama-qarshilikka borgani maʼlum bo‘ldi

    12.06.2023, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33

    Yevropa aeroportlarda suv olib o‘tish taqiqi bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 14:21

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.