Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga qadar Qoraqalpog‘istonda 70 ming xonadonga ega 2 mingta ko‘p qavatli uylar qurilishini aytdi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bu borada Qoraqalpog‘istonda 2030-yilga qadar mo‘ljallangan rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan:
- mahalla va ovullarda 6 ming kilometr yo‘llar hamda 150 ta ko‘prik taʼmirlanadi;
- 5 ming kilometr elektr tarmog‘i, 1 ming 350 ta transformator va 10 ta podstansiya yangilanadi;
- 70 ming xonadonga ega 2 mingta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi;
- barcha ijtimoiy va davlat idoralari hamda 17 ming xonadonda 55 megavatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatiladi.
Izoh (0)