AQSHning Ayova shtatida 17 yoshli qiz 7 yashar bolani o‘ldirishga qotil yollamoqchi bo‘lganidan keyin hibsga olindi, deb yozmoqda UPI nashri.
Storm-leyk shahar politsiyasi bo‘limiga “Qotil yollash” degan ma’noni anglatuvchi “RentaHitman.com” komiks sayti ma’murlari murojaat qilishgan. Ular politsiyaga noma’lum shaxs yetti yoshli bolani o‘ldirish maqsadi bilan saytga ikki marta kirganini aytishgan.
Tashkilotchi qotil yollovchini topish uchun bolaning ismi, manzili va boshqa ma’lumotlarni unga taqdim etgan. Tergovchilar gumondorning shaxsini aniqlagan, ular bir ofitserni o‘zini qotil sifatida tanishtirib, yollovchi bilan aloqa o‘rnatishga tayyorlagan.
Ofitser qiz bilan uchrashgan, u bolani o‘ldirish istagini tasdiqlagan. Keyinroq u hibsga olingan. Politsiya, shuningdek, jabrlanuvchiga chinakam xavf tug‘diradigan zarur dalillar olinganini ta’kidladi.
Qiz qotillikka undashda ayblanmoqda. U Cherokidagi Shimoliy-G‘arbiy Ayova yoshlar favqulodda yordam markaziga olib borildi, uning ishi balog‘atga yetmaganlar sudiga oshirildi.
Aprel oyida AQSHda xuddi shu sayt yordamida “qotillikka yollanishga” tayyor sobiq harbiyning shaxsi aniqlangandi. AQSH Milliy gvardiyasi askari qotil bo‘lish uchun ariza bergan va o‘zining birinchi “topshirig‘ini” olgan.
Izoh (0)