Xitoyning Shinjon-g‘arbiy mintaqasidagi cho‘lda mamlakatning eng chuqur qudug‘ini burg‘ulab qazish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda “Sinxua” davlat axborot agentligi.
Rejaga ko‘ra, chuqurligi 11 100 metr bo‘lgan tor shaxta qaziladi, u 10 ta kontinental qatlamdan o‘tib, yer qobig‘idagi bo‘r tizimiga — 145 million yillik tarixga ega tosh qatlamlariga yetib boradi. Xitoy ta’rifi bo‘yicha “Yerni chuqur tadqiq qilish uchun muhim” bo‘lgan loyiha 457 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Chuqur quduq Xitoyga Yerning ichki tuzilishi va evolyutsiyasini o‘rganish, shuningdek, geosiyosiy tadqiqotlar uchun ma’lumotlar almashish imkonini beradi.
Operatsiyada ishtirok etgan texnik mutaxassis Van Chunshen ishning qiyinlik darajasini ingichka po‘lat kabellar bilan katta yuk mashinasini tortishga qiyosladi. Qazish uchun ishlatilayotgan qurilma og‘irligi 2 000 tonnadan ortiq, u 200 gradusgacha yerosti haroratga va yer yuzasidan 1 300 marta baland bo‘lgan atmosfera bosimiga moslab yaratilgan. Mahalliy iqlim burg‘ulash ishlarini murakkablashtiradi – loyiha mamlakatning eng issiq va qurg‘oqchil cho‘lida amalga oshirilmoqda.
Hozir quduq qazilayotgan Shinjon mintaqasi foydali qazilma konlari va neftga boy. May oyi boshida Xitoyning eng yirik neftni qayta ishlash zavodi Sinopec Tarim havzasida 8 500 metrdan oshiqroq chuqurlikdan muhim neft va gaz oqimini aniqlagandi.
Izoh (0)