Kiyevda havo trevogasi vaqtida metroda yashirinib olgan “jahldor” mushuk ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi.
Pushti adyolga o‘ralgan momiq va juda g‘azablangan mushuk ukrainaliklarning, ayniqsa, so‘nggi paytlarda havo hujumi signallaridan bezovta kiyevliklarning kayfiyatini o‘zida aniq aks ettirishi aytilmoqda.
Twitter’da jonivorning egasi bo‘lgan foydalanuvchi Vadim Oxrimenko uning ismi Xloya ekanligini ma’lum qildi.
“U Rossiyadan nafratlanadi va Ukrainani butun qalbi bilan sevadi (shuningdek, Shotlandiyani ham, chunki uning ota-bobolari u yerda yashaydi). Lekin u har doim ham jahldor emas, o‘q otish va trevoga signallari bo‘lmasa, u juda yoqimtoy”, — deb yozgan mushuk egasi.
Izoh (0)