La Liga “Barselona”ning moliyaviy rejasini ma’qulladi.
La Liga vakillari kataloniyaliklarning 2023/24-yilgi mavsumi uchun moliyaviy rejasini ko‘rib chiqdi va unga ijobiy javob qaytardi. Yaqin soatlar ichida vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.
Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu reja ma’qullanishi uchun ko‘proq vaqt ketgan. Endi “ko‘k-anorranglilar” “PSJ”ni tark etayotgan Lionel Messiga rasmiy taklif jo‘nata oladi.
Undan tashqari, “Barselona” bir necha futbolchilari, jumladan, Gavi va Ronald Arauxolarning yangi shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkaza oladi.
Klubning moliyaviy rejasi xarajatlarni nazorat qilish, shuningdek, maoshlarni qisqartirish hamda o‘yinchilarni transferga qo‘yish masalalari ham o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)