• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abituriyentning yugurgani NIUgacha, og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham NIU talabasi gapirsin: Navoiydagi ushbu reklamalar masʼullar g‘ashiga tegdi

    Navoiy viloyatining Navoiy shahri hamda Karmana tumanidagi ko‘chalarda joylashgan reklama bannerlarida o‘zbek xalq maqollaridan ustamonlik bilan foydalanib, reklama beruvchi manfaatiga xizmat qiluvchi reklamalar paydo bo‘ldi. Nodavlat OTM haqidagi bu reklamada “Abituriyentning yugurgani NIUgacha, og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, NIU talabasi gapirsin”, degan so‘zlarni o‘qishingiz mumkin. Reklama beruvchilar va reklama tayyorlovchilarga yuborilgan xatlardan maʼlum bo‘lishicha, ko‘pchilik eʼtiborini tortgan bu reklama “katta”lar g‘ashiga teggan.

    Foto: Skrinshot

    Bu haqda “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan Navoiy shahridagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi masʼuli Ulug‘bek Safarov maʼlum qildi.

    Foto: Skrinshot

    Suhbatdoshning aytishicha, uning o‘zi ham vaqtida reklama bannerlaridagi reklamalar chiqishini nazorat qiluvchi tashkilotda ishlagani bois reklamada nima mumkin va nima mumkin emasligini yaxshi biladi.

    “Shaxsan o‘zim shu soha nonini yeganman. Vaqtida Navoiy viloyatidagi barcha reklamalarning to‘g‘riligi-yu, ularning ommaga katta bannerlar orqali tarqatilishini nazorat qiluvchi, shunga masʼul lavozimda ishlaganman. Shu sabab reklamada nima mumkin va nima mumkin emas, degan savollarga aniq javob bera olaman. 2022-yilning sentabr oyida ish boshlagan nodavlat universitetimizni reklama qilishda o‘zbek xalq maqollaridan unumli foydalanib, reklama ko‘ruvchilarni o‘zimizga qaratishga urindik. Bizning Abituriyentning yugurgani NIUgacha, og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, NIU talabasi gapirsin, degan gaplarimizda birovni kamsitish yoki kimningdir manfaatiga zid so‘zlar yo‘q. Buni xushlamagan masʼullarga reklamadagi xatolikni ko‘rsating, xato bo‘lsa, tan olib, bu reklamani olib tashlaylik, deyapmiz”, — deydi xususiy OTM masʼuli Ulug‘bek Safarov.

    Maʼlum bo‘lishicha, Navoiy shahri va Karmana tumanidagi ko‘chalarda jamoatchilik eʼtiboriga havola qilingan reklama bannerlarida xususiy universitet reklama qilinib, “Abituriyentning yugurgani NIUgacha”, “Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, NIU talabasi gapirsin”, degan gaplar qo‘llangan. Bu esa Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyat boshqarmasi rahbari N.Isayev va A.Azimovlarni tashvishga solgan. Ularning nazdida bu reklamada xatoliklar bor. Lekin aynan qanday xatolik, degan savolga o‘zlari ham javob berisholmadi.

    “Bizga qo‘mitadan reklamalar qanday bo‘lishi kerak? Reklamada qanday so‘zlarni qo‘llab bo‘lmaydi, nima mumkin-u, nima mumkin emasligi bayon qilingan umumiy xat kelgan. Biz shu xatdan kelib chiqqan holda bu reklamani jamoatchilikka olib chiqqan ‘Tasviriy oyina’ ijodiy uyushmasining viloyat bo‘limiga xat chiqarib, bu reklamalarda xatolik yo‘qmi, degan mazmunda so‘rov berdik. Bu reklamalarni olib tashlang, degan talab qo‘yilmagan”, — deydi boshqarmaning mazkur holat bilan shug‘ullangan masʼuli Ahror Azimov.

    Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining viloyat bo‘limiga yuborgan xatida shunday jumlalar bor: “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ‘Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, NIU talabasi gapirsin, abituriyentning yugurgani NIU gacha’ qabilidagi reklamalar ommaning eʼtiroziga sabab bo‘lmoqda. Reklama to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasiga muvofiq, reklamada — jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom qilish; milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi. Sizdan reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya qilish, reklamaning davlat tilida bo‘lishini taʼminlash, shuningdek, reklamada milliy va oilaviy anʼanalarga, axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid keluvchi shakl, ibora va obrazlardan foydalanmaslik, reklamadan foydalanuvchilarga zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalangan holda faoliyat yuritilishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz”.

    Masʼulning bildirishicha, Navoiy viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qobil Ostonov Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga chiqib, ko‘chada bemaza reklamalar ko‘payib ketganini aytib, nega bu holat tartibga olinmayotgani bilan qiziqqan.

    “Daryo” jurnalisti mazkur reklamalarga eʼtiroz bildirgan hokim maslahatchisi Qobil Ostonov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

    “Men xususiy universitet faoliyatiga qarshi emasman. Faqat bu reklamalarda boshqa universitet talabalarini kamsitishni ko‘ryapman. Masalan, og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, NIU talabasi gapirsin, deganda bu universitet talabasini boshqa universitet talabasidan ustun ko‘rish bor. Yoki abituriyentning yugurgani NIUgacha, degan gapni o‘qiganlar abituriyent buzoq bo‘ldimi, buzoqqa o‘xshatildimi, deydi-da. Reklamada o‘zbek xalq maqollari ham buzib qo‘llanmoqda. Shu sabab bu holatga eʼtiroz bildirib, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyat boshqarmasiga telefon qilib, bunga eʼtibor berishlarini so‘radim”, — deydi Qobil Ostonov.

    “Viloyat hokimining til bo‘yicha maslahatchisi, boshqarma xodimlari bizning reklamalarimizni maʼnaviyatga zid deyishgan. Lekin aynan qaysi qismi maʼnaviyatga zidligi haqidagi savolga aniq javob berishmayapti. Reklama to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasi talablari buzilgan deyishdi. Aynan qaysi qismi buzilgan, ko‘rsating dedik. Ko‘rsatisholmadi. Unda sudga bering, sudda bizni ayblang, biz o‘zimizni himoya qilaylik dedik”, — deydi “kattalar” eʼtiroziga tushunmayotgan xususiy OTM masʼuli Ulug‘bek Safarov.  

    Ulug‘bek Safarovning qo‘shimcha qilishicha, Navoiy innovatsiyalar univerersiteti o‘quv sifatini yaxshilash, bilimli o‘quvchilarni o‘zlariga jalb qilish maqsadida hech qaysi reklamalarga o‘xshash bo‘lmagan reklama bannerlari tashkil qilish ustida bosh qotirmoqda.

    Universitetning jamoatchilikka olib chiqqan reklamalarida shuningdek, “Gap desa qop-qop, o‘qishni esa NIUdan top”, “Talaba zar, NIU zargar”, “Yetti o‘lchab, NIUda o‘qi”, degan gaplardan ham foydalanilgan.

    31.05.2023, 19:02   Izoh (0)   10624
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Milliy tiklanish” partiyasi Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatladi

    31.05.2023, 18:41

    Farg‘onada 23 yoshli bank xodimi qariyb 50 kishining nafaqa pulini o‘zlashtirgani aniqlandi

    31.05.2023, 18:39

    O‘zbekistonda AQSHga viza to‘lovi oshiriladi

    31.05.2023, 18:12

    Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi

    31.05.2023, 18:04

    Barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish milliy dasturi ishlab chiqildi

    31.05.2023, 17:57

    O‘zbekistonning uch hududida noqonuniy yer sotayotganlar qo‘lga olindi

    31.05.2023, 17:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.