Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan 2023—2030-yillarda barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish milliy dasturi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Quyidagilar Milliy dasturning asosiy vazifalari bo‘ladi:
- tabiiy va boshqa resurslarni tejab ishlatish yo‘llarini joriy qilish;
- barqaror turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish yuzasidan ta’lim muassasalari, davlat va xususiy idoralarda loyihalarni amalga oshirish;
- barqaror turmush tarzini shakllantirishga bag‘ishlangan ijtimoiy videoroliklarni OAV orqali efirga muntazam uzatib borish;
- ta’lim tashkilotlari va mehnat jamoalarida ekovolontyorlar tomonidan barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish harakatini yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash;
- barqaror turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish va bu boradagi yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, milliy dasturning asosiy maqsadlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan hamda barqaror turmush tarzini tizimli targ‘ib qilish konsepsiyasini 2023—2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.
Izoh (0)