Surxondaryo viloyati Termiz tumanida chillaki uzum chilladan oldin pishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xalqobod” hududidagi aholi xonadonlarida uzumning ertapishar (chillaki) navi pishib yetilgan. Bu yilgi ob-havoning o‘ziga xos kelgani mazkur mevaga ijobiy ta’sir qilgan.
Qishloq xo‘jaligi vaziri hududda aholi bilan muloqot qildi. Bog‘dorchilik ko‘nikmalari borasida fikrlashdi. Vazir chillakining yetilgan boshlarini ko‘zdan kechirib, yangilik aholi uchun xushxabar ekanini ta’kidlagan.
Izoh (0)