Toshkentning Mirobod tumanida 21 yoshli yigit o‘z akasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.
Voqea 24-may kuni soat 00:30 larda, Mirobod tumanida joylashgan “Oybek” metro bekati atrofida yuz bergan. O.Sh. (2002-yilda tug‘ilgan) o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida akasi O.L.ning (1998-yilda tug‘ilgan) ko‘krak qafasi old qismiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir marotaba urib qasddan o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, marhumning jasadini uning katta akasi shifoxonaga olib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.
Pichoqlash bilan yakunlangan oilaviy janjallar
Surxondaryo viloyatida erkak qaynukasi tomonidan, Samarqandda 70 yoshli erkak 60 yoshli qaynukasi tomonidan pichoqlangandi. Buxoroda er janjal sabab xotinini pichoqlagani, Jizzaxda er rashk sabab avval xotinini keyin esa o‘zini pichoqlab o‘ldirgani, Vobkent tumanida mast fuqaro qaynukasini pichoqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)