• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Vinisiusning qizil kartochkasi bekor qilindi, haqoratda gumon qilinganlar hibsga olindi, “Valensiya” esa jarimaga tortildi. Hukumat aralashuvigacha yetgan “Vinisius ishi”ning navbatdagi tafsilotlari

    “Real Madrid” futbolchisi Vinisius Junior atrofidagi irqchilik bilan bog‘liq mojarolar davom etmoqda. Braziliya hukumati holat yuzasidan Ispaniyaga shikoyat bilan chiqdi, Ispaniya futbol federatsiyasi Vinisiusga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi, “Valensiya” jarimaga tortildi. “Daryo” futbolchi atrofidagi voqealarning davomi haqida ma’lumot beradi.

    Birinchi qism:

    “Buyuk futbolchilar o‘ynagan liga bugun irqchilarga tegishli!”. “Valensiya” muxlislari Vinisiusni “portlash”ga majbur qildi — u yig‘ladi, chetlatildi va ijtimoiy tarmoqda javob qildi (video)

    Ikkinchi qism:

    “Vinisius ishi” davom etadi. VAR hakamlari chetlatildi, “Real” prokuraturaga arz qildi.
    Foto: Getty Images

    Braziliya hukumati Ispaniyaga shikoyat bilan chiqdi, Vinisiusning qizil kartochkasi bekor qilindi, “Valensiya” esa jarimaga tortildi

    Vinisius Juniorga nisbatan qilingan irqchilik va haqoratlar uning vatani Braziliyada norozilikka sabab bo‘ldi. Mamlakat hukumati Ispaniyaga rasmiy shikoyat bilan chiqdi. Braziliya Tashqi ishlar vazirligining bayonotida FIFA, Ispaniya futbol federatsiyasi va La Ligaga ham murojaat qilingan.

    Braziliya hukumati bunday irqchilik harakatlarining oldi olinishi va takrorlanmasligi uchun hozirgacha samarali choralar ko‘rilmaganidan chuqur afsusda. Ispaniya hukumati va sport organlarini aybdorlarni jazolash va bunday xatti-harakatlarning takrorlanishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz. Shuningdek, FIFA, Ispaniya futbol federatsiyasi va La Ligani tegishli choralar ko‘rishga chorlaymiz, — deyiladi Braziliya hukumati bayonotida.

    “Valensiya” — “Real” uchrashuvida Vinisius Juniorga ko‘rsatilgan qizil kartochka bekor qilindi. Ispaniya futbol federatsiyasining sport musobaqalari qo‘mitasi uzoq muhokamalaridan keyin futbolchining diskvalifikatsiyasini olib tashlash qaroriga kelgan. Bunga bosh hakamda vaziyatni va futbolchining bu harakatiga sabab bo‘lgan avvalgi holatlar bo‘yicha ma’lumotlar yetarli bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.

    Shunday qilib braziliyalik o‘yinchi “Real Madrid”ning 24-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yinida maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.

    Foto: The Sun

    “Valensiya” jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Mestalya” stadioni Vinisius Juniorga qilingan irqchilik tufayli qisman yopiladi.

    Ispaniya futbol federatsiyasining sport musobaqalari qo‘mitasi La Liganing 35-turi doirasidan o‘rin olgan o‘yinda “Real” hujumchisiga nisbatan irqchilik ruhidagi haqoratlarni amalga oshirgan muxlislar o‘tirgan “Mario Kempes” tribunasini beshta o‘yinga yopishga qaror qildi.

    Shuningdek, “Valensiya” 45 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Klub 10 ish kuni ichida apellyatsiya berishi mumkin.

    Ispaniya politsiyasi Vinisius Juniorni haqorat qilgan uch nafar yosh muxlisni hibsga olganini e’lon qildi. Avvalroq “Valensiya” braziliyalik futbolchini haqorat qilgan ishqibozlarni bir umrga futboldan chetlashtirishini ma’lum qilgandi.

    Braziliyada Vinisiusga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi, “Barselona” vakili Rafinya futbolchini qo‘llab-quvvatladi, Xavi esa uning qizil kartochkasi bekor qilinganini tanqid qildi

    Braziliyada Vinisius Juniorga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi. Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan Iso Masih haykali chirog‘i futbolchi bilan birdamlik ramzi sifatida o‘chirildi. Aksiya tashkilotchilari haykal chirog‘ining o‘chirilishini “irqchilikka qarshi ommaviy kurash ramzi hamda futbolchi va butun dunyo bo‘ylab bundan aziyat chekayotganlar bilan birdamlik belgisi” deb atadi.

    “Barselona”ning braziliyalik futbolchisi Rafinya vatandoshi Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi. Kataloniya klubining “Valyadolid”ga qarshi bahsida (1:3) Rafinya 62-daqiqada zaxiraga olinayotgan vaqtda libosini yechdi. Uning ichki futbolkasida “Ko‘zning yorqinligidan ko‘ra terining rangi muhimroq ekan, urush bo‘laveradi”, degan yozuv bor edi. Orqa tomoniga esa “Biz sen bilanmiz, Vini”, deb yozilgandi.

    Foto: Getty Images

    “Barselona” murabbiyi Xavi ham irqchilik va haqoratlarni qoraladi, biroq Vinisiusga ko‘rsatilgan qizil kartochka bekor qilinganini tanqid qildi.

    “Irqchilik va haqorat xatti-harakatlari jazolanishi kerak, ammo qizil kartochkaning bunga aloqasi yo‘q. Vinisius tomonidan qilingan harakat maydonda sodir bo'ldi”, — dedi ispaniyalik mutaxassis.

    24.05.2023, 12:41   Izoh (0)   9289
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Buyuk futbolchilar o‘ynagan liga bugun irqchilarga tegishli!”. “Valensiya” muxlislari Vinisiusni “portlash”ga majbur qildi — u yig‘ladi, chetlatildi va ijtimoiy t...

    22.05.2023, 15:21

    “Vinisius ishi” davom etadi. VAR hakamlari chetlatildi, “Real” prokuraturaga arz qildi

    23.05.2023, 13:15

    Nodirbek Abdusattorov amerikalik shaxmatchini mag‘lub etib, ChessKid Cup—2023 finaliga chiqdi

    24.05.2023, 10:49

    U-20 JCH—2023. Argentina yoshlari Gvatemalani yirik hisobda yengib, pley-off masalasini hal qildi

    24.05.2023, 09:16

    La Liga. “Barselona” 4 ta gol urilgan o‘yinda autsayderga mag‘lub bo‘ldi (video)

    24.05.2023, 06:21

    U-20 JCH—2023. O‘zbekiston yoshlari Yangi Zelandiyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)

    24.05.2023, 01:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38

    London politsiyasi Florensiyada yasalgan 285 yillik skripkani qidirmoqda

    Dunyo | 24 iyun, 22:21

    “Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilish mumkin emas” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 24 iyun, 22:05

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.