• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashdi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni Xitoy ishbilarmon, moliya va investitsiya doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirda XXR Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen, Xitoy Kompartiyasining Shensi muzofoti partqo‘mi kotibi Chjao Ide, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun, Xitoy xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi raisi Ren Xonbin hamda Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi, Xitoy milliy kimyo-injiniring kompaniyasi, China CAMC Engineering, BYD Auto Industry, Sungrow Power Supply, China North Industries Corporation, Xinjiang Hualing Group, China Aerospace Science and Industry Corporation, Huawei Technologies, Xitoy taraqqiyot banki, Eksimbanki kabi 100 dan ortiq yirik kompaniya, korporatsiya, banklar, tijorat va moliyaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

    Davlat rahbari davra suhbati shaklida o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab, ushbu uchrashuv Xitoyning iqtisodiy markazlaridan birida, ko‘p asrlar avval Buyuk Ipak yo‘lini boshlab bergan qadim Sian shahrida o‘tayotgani ramzi ma’noga ega ekanini qayd etdi. O‘zbekiston prezidenti keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikda misli ko‘rilmagan darajaga erishilganini alohida ta’kidladi. O‘zaro tovar ayirboshlash ikki karra oshib, 9 milliard dollarni tashkil etgani qayd etildi. O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan Xitoy investitsiyalari hajmi ilk bor 11 milliard dollarga yaqinlashdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bugun O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 1,7 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Energetika, neft-gaz, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda qator yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Kecha XXR raisi Si Szinpin bilan o‘tgan muzokaralar sermahsul bo‘lgani, ular davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatdan foydalanish, O‘zbekiston bozorida Xitoy kompaniyalari uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

    O‘zbekiston prezidentining tashrifi doirasida qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlari ham muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi. Jumladan, energetika, kimyo, metallurgiya, geologiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 25 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi yuqori texnologik sanoat, savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    “Bularning barchasi O‘zbekiston—Xitoy kooperatsiyasining yaqqol yutuqlaridan, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga tomonlarning qiziqishi katta ekanidan dalolat”, — dedi prezident. Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilarining e’tiborini mamlakatdagi investitsiya muhiti tubdan yaxshilangani, investorlar uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratilganiga qaratdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekistonda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va keyinchalik uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada “yashil” energetika, kimyo, avtomobilsozlik, elektrotexnika, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash va boshqa tarmoqlar ayniqsa istiqbolli ekani ta’kidlandi. Prezident Xitoy biznesini zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi va barqaror bozor bilan bilan ta’minlashga, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni birgalikda moliyalashtirishga tayyorligini bildirib, xitoylik ishbilarmonlarni ushbu noyob imkoniyatlardan foydalanishga chaqirdi.

    Fikr almashish chog‘ida Xitoy korporatsiyalari, kompaniya va banklari rahbarlari O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qat’iy intilishini aytdi. Ustuvor sohalarda, ayniqsa yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etishda amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Davlat rahbari O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlariga uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslarni shaxsiy nazoratga olish hamda ularni amalga oshirishning bosqichma-bosqich mexanizmlari va aniq muddatlari ko‘rsatilgan tegishli “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishni topshirdi.

    19.05.2023, 19:02   Izoh (0)   6181
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev teleko‘prik orqali O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma loyihalarini ishga tushirdi

    19.05.2023, 18:31

    Qashqadaryoda prokuratura xodimi pichoqlandi

    19.05.2023, 18:19

    Shahrisabzda advokat 35 sotix yerni hokimiyat orqali olib berish uchun 1,5 ming dollar, yurist esa katta kamomadni yopish uchun 3 ming dollar olayotganda qo‘lga ol...

    19.05.2023, 17:47

    Vengriya oliy taʼlim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

    19.05.2023, 17:25

    Zarmetanning kosadan to‘kilmas qatiqlari

    19.05.2023, 16:58

    Buxoroda bedarak yo‘qolgan yigit uch oydan buyon qidirilmoqda 

    19.05.2023, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.