Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘hna Sian shahrining xalqaro aeroportida ikki davlat bayroqlari ko‘tarilgan, oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston yetakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari 18-may kuni Xitoy raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazadi.
19-may kuni O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo—Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda amaliy tashrif bilan Pekinga borgandi. O‘shanda prezident XXR raisi Si Szinpin, qator davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Izoh (0)