Toshkent shahri Uchtepa tumanida 16-may kuni Matiz haydovchisi 12 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 19:00 da Lutfiy ko‘chasida haydovchi M.A. ishonch qog‘ozi asosida Matiz’da harakatlanib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda — 2011-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi E.Q. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)