• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Barmoqlarning ko‘zi bor” — vodiyning baxshi qizi bilan suhbat (video)

    Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 6–8-may kunlari III Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san‘ati instituti talabasi, namanganlik baxshi Sayyora Sultonova “Daryo” muxbiriga intervyu berdi.

    “Baxshi dardi baxshi qildi...”

    Yoshlik davrlarimni eslayman... Shomurod baxshi Tog‘ayev nomi bilan tanilgan Qashqadaryolik baxshi bo‘lardi. O‘sha baxshi bir terma aytar edi “Bigul”, degan. U termani men to‘liq bilmasdim, ammo bir yeri menga juda qattiq taʼsir qilgan: “Otajon jilama, qachon kelasan”. Men otasiz o‘sganman, ikki yoshimdan onamning o‘zlari katta qilganlar. Ushbu termaning aynan o‘sha joyi menga taʼsir qilganligi uchun, men shu termani aytib yurardim. Men termani aytib yurardim-u, ammo u vaqtlarda baxshichilik degan sanʼatni bilmaganman. Lekin o‘sha kishining termalarini doim eshitardim, menga yoqardi. Eshitganimda butun vujudim larzaga kelardi. Qo‘shilib aytardim, huddiki, meni ham otam qaytib keladigandek...

    Alpomish kinosini qayta-qayta ko‘rganman. O‘sha filmda baxshining do‘mbirasini olovga otib yuborardi. 

    Yoshligimda o‘zim bilmagan holda baxshichilikka qiziqqanman. Onam ham qiziqardilar, ko‘p hirgoyalar qilardilar. Hadislaning kitoblarida to‘rt qator sheʼrlar bo‘lardi payg‘ambarlar haqida. O‘sha sheʼrlarni hirgoya qilib turardi. 

    Sayyora Sultonova
    Foto: "Daryo" / Akmal Qudratov

    Qiziqishlarim avjiga chiqib sanʼatga bo‘lgan ixlosim yildan yilga ortib boraverdi. Hosila Rahimova, Mahmud Nomozovning “Do‘mbira”, degan qo‘shig‘i bor. Ko‘proq Hosila Rahimovaning “Qorajon”, “Alpomish kelyapti”, degan qo‘shiqlarini eshitardim. 

    Men bu saʼnatga 26 yoshimda qadam qo‘ydim. Birinchi aytgan termam, Shomurod baxshi Tog‘ayevning “Biyi gul” termasining kuyiga bastalangan onam haqida terma edi. 

    Surxondaryo viloyatida 2019-yilda baxshichilik festivali bo‘ldi. Festival jarayonida onam meni chaqirib, xorazmlik Otaxon Matyoqubov “Go‘ro‘g‘li” dostonini aytyotganini ko‘rsatgandi. Onam o‘sha festivalga borishni orzu qilgandilar. 

    “Baxshichilikka topshirmaganman...”

    Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san‘ati institutida baxshichilik fakulteti ochildi. Men baxshilikka qiziqqanim bilan oliygohning boshqa yo‘nalishiga topshirmoqchi bo‘lganman. O‘sha vaqti folklor yo‘nalishiga hujjatlarimni topshirgani olib borganman. Lekin hujjat topshirishga navbatim kelmagani sababli qabuldagilar “O‘zimiz topshirib qo‘yamiz, ketavering”, deyishganda qaytib ketgandim. Negadir qabuldagilar baxshilikka topshirib qo‘yishgan. Baxshilik yo‘nalishiga topshirganimni imtihon kuni bilganman. O‘shanda menga qo‘ng‘iroq qilib, “Siz baxshilikka topshirdingiz, dostondan parcha aytasiz”, deyishgan edi. O‘shanda internetni titkilab, zo‘rg‘a Baxtiyor baxshining “Alpomish” dostoni ijrosini topganman. Ushbu dostondan ijro qilib berganman. 

    Imtihondan keyin qarasam, o‘qishga kirolmagan ekanman. Shartnoma asosida kirganlar ro‘yxatining eng oxirida chiziqdan keyin turardim, bir ball yetmay qolgan. Nimadir bo‘ldi, kimdir shartnomaga o‘qishni xohlamadi shekilli, uning o‘rniga meni o‘qishga qabul qilishdi. 

    Institutda ustoz baxshilarning dars jarayonida shu sohaga qiziqishim ortib, o‘zim bilmagan holda kirishib ketdim. Birinchi-ikkinchi kursligimda Otaxon Matyoqubov ustozimdan Xorazm yo‘nalishini Nuriddin Aminjonnov ustozimdan esa Farg‘ona va Namangan yo‘nalishini o‘rganganman. Namanganda qissaxonlik bo‘ladi, deb qissaxonlikni o‘rgatishgan. Baribir Surxondaryo-Qashqadaryo meni o‘ziga jalb qilavergan. Uchinchi kurs bo‘lganimda baribir men Surxondaryo-Qashqadaryo yo‘nalishini o‘rganaman, deb jazm qilganman. 

    “Prezident eʼtiboriga tushdim…”

    Birinchi kursligimda Qoraqalpog‘istonda xalqaro baxshilar festivali bo‘lgan. O‘sha festivalda birinchi marta tanlovda doston ijro etganim tufayli unchalik yaxshi chiqmagan. Ammo faxriy yorliq olganman. Undan keyin 2021-yil yana festival tashkil qilindi. Ushbu festivalning ikkinchi mavsumiga qatnashdim. Namangan viloyatida bo‘lib o‘tdi. Men o‘sha festivalda birinchi o‘rinni olib 10 million so‘m yutdim. Keyin Respublika bosqichida qatnashib yaxshi ishtirok etdim. O‘sha joyda Prezidentimiz qoraqalpoq tilida qo‘shiq aytganimni eshitganlar. Eʼtiborlariga tushganman va sovg‘alarini olganman. 

    “Folbinlarning maktabi...”

    Baxshiligimni eshitib qishlog‘imizda, viloyatimizda juda yaxshi qabul qilishgan. Ayniqsa tumanimiz hokimi Azamjon aka Sultonov baxshilikni juda yaxshi ko‘rardi. O‘shanda “Biyigul” termasini aytib berganimda yig‘lab yuborgandilar. Shu inson hozirgacha meni ham ota, ham homiy sifatida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Baribir o‘z viloyatingiz qo‘llamasa hechkimsiz. 

    Vodiy tomonlardagi viloyatlarning odamlari yo‘lda uchrab qolsa, baxshiman deyishim bilan birdaniga boshqa maʼnoga burib, “Endi folbinlarning ham o‘qishi ochilibdimi”, deyishgan. Ammo men ularga tushuntirib berganimdan keyin, “Ha, hayyarami”, deyishadi. 

    Kelajakda niyatimiz ham majburiyatimiz ham baxshilikni tiklash. Oliygohdagi ustozim Zafar aka Hayitov yangilik qilib Qoraqalpoq, Xorazm va Surxondaryo ansanbilini tashkil qilganlar. Men ham o‘z oldimga Namangan ansanbilini tashkil qilishni maqsad qilib qo‘yganman. Maktabma-maktab yurib bo‘lsa ham, yoshlar orasidan eng talantlilarini terib olib, tayyorlab ansanbil tashkil qilmoqchiman. Bejizga bir maqol aytilmagan, “Yolg‘iz otning changi chiqmaydi, changi chiqsa ham dong‘i chiqmaydi”. Biz ko‘pchilik bo‘lsak, bir joyni yorib chiqamiz. 

    “Barmoqlarning ko‘zi bor...”

    Baxshi notani bilmaydi, do‘mbirada parada yo‘q. Baxshi yurakdan kuylaydi. Do‘mbirani chalganda barmoqlar o‘zi kuy topadi. Ustozlaning bir gapi bor  —  “Barmoqning ustida ko‘zi bor”, deyishadi. Haqiqatan ham barmoqning o‘zi ohang topadi. Baxshi o‘sha ohang orqali yuragidagi kuyni chiqaradi. 

    Men do‘mbira chertsam tanam dam oladi, mazza qilaman. Ayniqsa avvallari siqilgan paytlarimda dutor chalganimda mazza qilardim. Shuning uchun dutor bilan do‘mbirani yaxshi ko‘raman. 

    17.05.2023, 15:10   Izoh (0)   6143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Musulmonbek Ibrohimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Cobalt va Lacetti narxlari oshishi haqidagi xabarlar yolg‘on — UzAuto Motors

    17.05.2023, 14:50

    O‘zbekistonda kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

    17.05.2023, 14:00

    Namanganda 1 gektar yerni tenderda yutib berish uchun 10 ming dollar so‘ragan mansabdor ushlandi

    17.05.2023, 13:20

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentini 70 yillik yubileyi bilan tabrikladi 

    17.05.2023, 13:10

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilayotgan YTTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishini ochib beradi

    17.05.2023, 12:23

    Telefonlar, pasport, “prava” va plastik kartalar. Buxuroda ikki yigit fuqaroni do‘pposlab, buyumlarini olib qochdi

    17.05.2023, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.