• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turkiya prezident saylovlari arafasida. Mamlakatni kim boshqaradi? Siyosatshunos Sayfiddin Jo‘rayev bilan suhbat

    2023-yil 14-may kuni Turkiyada prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan mamlakatdagi bu muhim siyosiy jarayon bugungi kunda jahon OAVlarining diqqat markazida turibdi. Saylovoldi jarayonida kuzatilgan har xil intrigalar, o‘zaro ayblovlar, tashqi kuchlarning aralashuvi xalqaro hamjamiyatning qiziqishiga “moy” sepyapti. 

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston manfaatlari nuqtai nazaridan olib qaraganda ham ushbu davlatdagi Prezident saylovlari katta ahamiyatga ega. Negaki Turkiya bizning iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi muhim hamkorimiz hisoblanadi. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Turkiya doim yetakchi o‘rinlarni egallab kelgan. 

    Saylov natijalari O‘zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega bo‘ladi? Turkiya oldingidek faol tashqi siyosatni amalga oshiradimi yoki e’tiborni ko‘proq ichki muammolar yechimiga qaratadimi? Nomzodlarning imkoniyatlari qanday baholanmoqda? Shu kabi savollarga javob topish uchun  “Daryo.uz” studiyasiga Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘rayevni taklif qildik.

    — Turkiya saylovga murakkab bir vaziyatda yetib keldi. 6-fevral kuni ro‘y bergan zilzilalarda 50 mingdan ziyod odam halok bo‘ldi. Iqtisodiy vaziyat ham bundan yaxshi emas. O‘tgan yili inflyatsiya 78 foizdan oshib ketdi, energiya resurslari 150 foizdan ko‘proq, oziq-ovqatlar esa salkam ikki baravar qimmatlashdi. Garchi hozir vaziyat biroz o‘nglangan bo‘lsa-da, bularning bari saylovlarda amaldagi prezidentning imkoniyatlarini sezilarli tushirib yuboradi, degan fikrga qanday qaraysiz? 

    — Siz sanab o‘tgan murakkabliklarga, shuningdek, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlarni ham qo‘shish mumkin. Dunyoda ro‘y berayotgan jarayonlarning Turkiyaga ta’siri va bunday sharoitda Turkiya o‘zini qanday tutishi kerakligi masalasi kun tartibida turibdi. Shu jihatdan olib qaraganda, turk saylovchilari Erdo‘g‘onning siyosatini qo‘llab-quvvatlayapti. Chunki ularning nazdida Turkiyaning jahonda o‘z o‘rni bo‘lishi lozim, sababi u Sharq va G‘arbni tutashtiruvchi mamlakat. Ikkinchi jihati – ichki muammolar. Bilasizmi, ilgari Turkiya siyosatida ideologiya birinchi o‘rinda turar edi. 

    Partiyalar asosan g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan odamlarni ko‘proq jalb etish haqida o‘ylagan. Bugungi kunda esa bu masala ikkinchi o‘ringa o‘tdi, birinchi planga odamlarning turmush tarzi, bugungi kuni, ularni qiynayotgan muammolar chiqdi va hokimiyatga keladigan kuchlar bizning muammolarimizni qay tarzda hal etishi mumkin degan savollar paydo bo‘ldi. Saylovlarda ishtirok etayotgan siyosatchilar mana shu ikki omilga alohida e’tibor qaratishmoqda. 

    Umuman olganda esa Turkiya chuqur an’analar va davlatchilik tarixiga ega bo‘lgan davlat. Shu sababli, yuqorida aytib o‘tilgan qiyinchiliklarga qaramasdan, saylovlar an’anaviy tarzda tashkil etilyapti. Zilzila fojiasi, turmush darajasining pasayishi va boshqa omillar saylovlarning tashkiliy tarafiga ta’sir qilmadi, hatto Erdo‘g‘on saylovlarni bir oy oldinga surdi. Demak bu Turk davlatchiligida muhim omil hisoblangan aholining –qiyinchiliklar fonida bo‘lsa-da, – madaniyati bilan bog‘liq. Nomzodlar ham shunga javoban aholiga foydali bo‘ladigan masalalarni o‘z dasturlarida e’lon qilishdi.

    O‘zbekistonning Turkiya bilan tashqi savdo aylanmasi birinchi chorakda salkam 850 mllion dollarni tashkil etgan. Bu TOP 10 talik davlatlar orasida 4-o‘rin degani. Eksport borasida-ku Turkiya juda yuqori – 2-o‘rinda. Bordi-yu muxolifat vakili g‘alaba qozongudek bo‘lsa, bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarimizga qanday ta’sir o‘tkazadi? 

    — Saylovlarda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar, bu turk xalqining qarori bo‘ladi. Ikkinchidan, Turkiya uchun O‘zbekiston va umuman, Markaziy Osiyo juda muhim strategik ahamiyatga ega. Keyingi 5 yilda savdo-sotiq, iqtisodiy ko‘rsatkichlar keskin yuqoriladi, oliy darajada muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Bu tendensiya bundan keyin ham rivojlanib boradi. Bu Turkiyaning ichki talabidan kelib chiqyapti. Shu bois davlat rahbarining o‘zgarishi O‘zbekiston bilan aloqalarning yomonlashuviga olib kelmaydi. Ayrim jihatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lsa-da, bunda ham bizning yutqazadigan joyimiz yo‘q. Bordi-yu oppozitsiya hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda, Turkiyada inson huquqlari masalasi kabi mavzular birinchi o‘ringa chiqishi mumkin, lekin biz bu borada o‘zimizning mustaqil yo‘nalishimizni olib boryapmiz va natijalarga ham erishyapmiz. 

    Misol uchun, majburiy mehnat muammosining yechim topganini qayd etish mumkin. Bu katta yutuq. Savdo-sotiq masalasida ham O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari turklar uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki bizning mintaqa orqali Janubi-sharqiy Osiyoga transport koridorlarini rivojlantirishdan Turkiyaning o‘zi manfaatdor. Demak, yetakchining o‘zgarishi bu siyosatni o‘zgartira olmaydi. Erdo‘g‘onning o‘zi qoladigan bo‘lsa, bu yana qo‘shimcha imkoniyatlar degani. Chunki davlat rahbarlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar mavjud, shu paytgacha o‘rnatilgan aloqalar esa yanada chuqurlashadi. 

    — Turkiyaning o‘ziga xosligi — Sharq va G‘arb chorrahasida joylashgani. Biz Turkiya potensialidan Yevropa bozorlariga chiqish uchun yetarli darajada foydalana olyapmizmi?

    — Turkiya omilidan foydalanish borasida hali salohiyat juda katta. Turkiya foydali qazilmalar nuqtayi nazaridan imkoniyatlari kam, lekin ham Qora dengiz, ham O‘rta Yer dengizlari orqali jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta. Biz bundan transport koridorlari sifatida foydalanishimiz mumkin. Prezidentimiz tashabbusi bilan bu takliflar Turkiy davlatlar tashkilotida ham ilgari surilyapti. 

    Birgalikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar hali to‘liq ishga solingani yo‘q. Undan tashqari, hozir dunyoda energetik inqiroz yuz beryapti. Bu masalada Yevropa davlatlari Xitoy bilan quruqlik orqali aloqa o‘rnatishga ehtiyoj sezyapti, Turkiya energetik xab tashkil etyapti. Bunga O‘zbekiston ham qo‘shiladi, Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali Xitoyga o‘tiladi. Ushbu yo‘nalishda ham imkoniyatlarimiz juda katta. Bu xabning bir nuqtasi Turkiyada bo‘ladigan bo‘lsa, o‘rtasi Markaziy Osiyoda va boshqa nuqtasi Xitoyda joylashadi. 
     
    — Agar sizda imkoniyat bo‘lganda, saylovda kimga ovoz bergan bo‘lar edingiz?

    — Men, avvalo, Turkiya uchun, shaxs nuqtayi nazaridan esa Erdo‘g‘onga ovoz bergan bo‘lar edim.

    Suhbatning to‘liq versiyasi bilan YouTube kanalimiz orqali tanishishingiz mumkin.

    14.05.2023, 01:05   Izoh (0)   8514
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida erkak xotinidan o‘ch olish uchun farzandini qiynoqqa soldi

    13.05.2023, 22:47

    Namanganda viloyat hududiga noqonuniy olib kirilgan qariyb 200 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

    13.05.2023, 22:02

    Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha jahon chempionati finaliga tashrif buyurdi

    13.05.2023, 20:52

    170 ming dollarni qimorda yutqazgan bankir ishi: Bosh prokuror Qarshida shu haqdagi shikoyatni o‘rgandi

    13.05.2023, 20:42

    Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi

    13.05.2023, 20:23

    “Ichki ishlardan nohaq haydalganini aytib, ishga tiklashimizni so‘rab kelayotganlar juda ko‘p” — Po‘lat Bobojonov

    13.05.2023, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.