• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “Sen yolg‘iz qolgan payting o‘zingga o‘xshaysan…”

    Debochadan oldingi debocha

    Uyimizda mingga yaqin kitoblar qalashib yotardi-yu, kitob javoni degan “matah” bo‘lmas edi. Eski-tuski, muqovasi uniqqan, ba’zi qismlarini sichqon kemirgan “tilla” kitoblar har yerda: xontaxta oyoqlarining tagida, deraza tokchalarida, (qishda sovuqdan nam bo‘lib ketardi sho‘rliklar) molxonaning tepasida, yerto‘lada, oshxona idishlarining oldida, televizor ustida, umuman javondan boshqa hammayoqda betartib sochilib yotardi. Keyinchalik kitob qadrini oz-muncha tushunganimdan keyin onam bo‘shatib bergan uchta sandiqqa barchasini taxlab chiqqanman.

    Bolaligimda mol boqishga ketar paytim sandiqni ochib, ko‘zimga yaxshi ko‘ringan kitobni qo‘ltiqlardim-u, dalaga chopardim. Mol boqmaganlar daraxt soyasida o‘tirib o‘qishning gashtini qayerdan ham bilsin!

    Xullas, Markes ham o‘sha kezlar o‘qilgan. Bu kitobni to‘rt marotaba o‘qidim: ikki marta mutlaqo tushunmay, bir marta ba’zi bir narsalarni anglayotgan palla ichim siqilib, tashlab qo‘yganman.

    Va nihoyat, uch yil burun bu asarning nimasi bunchalik mashhur ekanligini bilish jazavasida o‘qishga qattiq kirishdim. Tugatganimdan so‘ng ikki kun shu asar qahramonlarining holatida yurganimni eslayman. Bu roman hovlimizdagi eski o‘rik daraxtini, tomorqadagi beton yo‘lak bo‘ylab harakatlanayotgan yuzlab chumolilarni o‘zgacha hayrat bilan kuzatishimga majbur qilgan.

    Asar haqida qisqacha

    “Yolg‘izlikning yuz yili” Gabriel Garsia Markes tomonidan 1965–1966-yillarda Mexiko shahrida yozib tugatilgan. Asarning original g‘oyasi 1952-yilda, muallif tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i Arakatakaga tashrif buyurganida paydo bo‘lgan.

    “Yolg‘izlikning yuz yili” nashr etilgach, qisqa fursatlarda bestsellerga aylanadi. 1966 yildan buyog‘iga roman 25 tilda 50 milliondan ortiq nusxalar sotildi. Roman Bibliyadan keyin ispan tilidagi eng ko‘p sotilgan kitobga aylandi. “Agar buni o‘zim yozmaganimda, uni hech qachon o‘qimagan bo‘lardim”, — deb tan oladi Markes 1973-yil “The Atlantic” adabiy jurnaliga bergan intervyusida. — “Men bestseller asarlarni o‘qimayman”. 

    Adib dunyoga o‘z tasavvur olamidan kelib chiqib qaragan. Asarlarining yarmi xayoliy tasavvuri mahsuli. Ammo shunday dalillar borki, ularni haqiqatga yaqin deb hisoblash mumkin.

    Yosh Gabo onasini yaxshi ko‘rar, biroq volidaning o‘g‘liga yetarlicha e’tibor qaratishi uchun vaqti yetmasdi. Sababi, Gabrieldan tashqari uning yana o‘n nafar farzandi bor edi. O‘n nafar! Gabo Ursulaning xatti-xarakatlari, yashash tarzini onasidan olganligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Gabrielni jonidan ortiq ko‘rgan momosi — Trankilina mag‘rur, donishmand ayol edi va u ham Markes romanlarida o‘ziga xos tarzda aks etgan. 

    U sevib qolgan qiz — Mersades bilan bog‘liq voqealar ham buni tasdiqlaydi: oilaga yaqin bo‘lgan ayrim kishilarning aytishicha, tanishganlarida qizning yoshi o‘n uchda emas, to‘qqizda bo‘lgan. Xuddi “Yolg‘izlikning yuz yili” asaridagi mitti Ramediosni Aureliano Buendia sevib qolgani kabi! Shu bois, Markes romanlarida balog‘at yoshiga yetmagan qizlarga nisbatan muhabbat mavzusi paydo bo‘la boshladi. Bu esa kurakda turmaydigan tasodif: qiz shunchaki kechikib tug‘ilgan va shuning uchun, kuyovdan kichik.

    Syujet

    Asar polkovnik Aureliano Buendianing devor ostida otilishini kutib turgan payt ichidan bir-bir kechgan olis xotiralari bilan boshlanadi va o‘n betdan so‘ng sizni chigal sochga o‘xshash tushunimsiz yo‘llarga boshlab ketadi. Albatta, majburlab emas, buni o‘zingiz, qiziqishingiz ortgan sayin xohlab boraverasiz.

    Barchasi Xose Arkadio Buendia hamda Ursula Iguaran o‘rtasidagi nikohdan boshlanadi. Qarindoshlar nikohi oqibatida cho‘chqa dumli farzand tug‘iladi, degan afsonalarga ishongan Ursula erini o‘ziga ancha vaqt yaqinlashtirmaydi. Bu holat mahallada mish-mishlarga sabab bo‘ladi. Bir kuni Prudensio Agilar Xose Arkadioning ustidan kulgach, darg‘azab bo‘lgan Arkadio uni o‘ldirib qo‘yadi. Shundan so‘ng Agilar arvohi Xoseni tinch qo‘ymaydi, tushlariga bo‘g‘zi qonagan holda kiraveradi va bundan to‘yib ketgan juftlik shaharni tark etishga qaror qiladi.

    Juda ko‘p yo‘l bosib, botqoqliklar-u, changalzorlar oralab bir makonga kelishadi va shu yerda Makondo shaharchasiga asos solishadi. Shaharga tez-tez tashrif buyuradigan lo‘lilar yo‘lboshchisi Melkiades muz olib kelganida Xose Arkadioning tasvirlangan hayrati men belgilab, qayta-qayta o‘qiydigan sahifalardan biri.

    Juftlik uchta farzand ko‘radi: Xose Arkadio, Aureliano va Amaranta. Keyinchalik tinch hayotlariga kesak yeb, kun kechiradigan Rebeka ham qo‘shiladi. Rebeka ulg‘aygach, maftunkor qizga aylanadi, Xose Arkadio uni sevib qoladi va Ursulaning qarshiligiga qaramasdan, yana qarindoshlar turmush quradi. Bu paytda Xose Arkadio Buendia turxi xil mag‘zi puch tajribalarga berilib ketadi.

    Biroz vaqt o‘tib, Makondoda uyqusizlik kasali tarqaladi, kasallangan odamlar xotirasini yo‘qota boshlaydi. Romanning ayni shu kasallikka bag‘ishlangan sahifalari ham juda qiziqarli hamda qo‘rqinchli. Xotiradan butkul ayrilmaslik uchun narsalar nomini yozib, so‘ng o‘qishni ham unutib qo‘yish... Melkiades buning oldini olmaganda odamlar nafas olishni ham esdan chiqarib qo‘yar darajaga yetib borar edi.

    Shunday qilib, butun shaharni davolagan lo‘li Arkadioning uyida yashab, sirli tajribalar o‘tkazib, nimadirlar yoza boshlaydi.

    Oilaboshi Xose Arkadio Buendia tamoman aqldan ozadi. Oilasi uni qoraqayinga bog‘lab qo‘yishgach, u uzoq vaqt daraxt ostida yolg‘izlikda qolib, oxir-oqibat vafot etadi.

    Liberallar va konservatorlar o‘rtasida fuqarolar urushi boshlanishi hamda unga bog‘liq Aureliano Buendia taqdiri asarni yana ham chigallashtiradi. U konservatorlarga qarshi Makondo askarlari rahbari bo‘lib urushga ketadi. Polkovnik Aureliano 17 ayoldan 17 farzand ko‘radi. Ularning hammasiga Aureliano ismi beriladi. Bu mantiqsizlik deysizmi? Aslo. Bu ramz va yozuvchi xuddi shu ramz orqali yozilgan bitikni hech bir odam, hech bir usul bilan o‘chirib tashlolmaydi, hammani baribir yolg‘izlik o‘z domiga tortib ketadi, demoqchi bo‘lgan.

    Akaning o‘rnida qolgan Arkadio hokim bo‘lgach, odilona boshqaruvga zid harakatlar qiladi: cherkovni taqiqlaydi, konservatorlarni badarg‘a qiladi. Alaloqibatda, aynan konservatorlar tomonidan otib o‘ldiriladi.

    Aureliano Buendia esa o‘zining liberallar yo‘lboshchisi sifatidagi faoliyati davomida 32 marta katta janglarda qatnashadi va hammasida yutqizadi. Urushning mantiqsizligini anglab yetgach esa Makondoga qaytadi. U yerda umrining oxiriga qadar yolg‘izlikda oltin baliqchalar yasab o‘tiradi.

    Oradan yillar o‘tadi. Arkadioning evarasi Aureliano Babiloniya favqulodda aqlli, fahm-farosatli yigit bo‘lib yetishadi. Uning tomirida otasi lo‘li Maurisio qoni bo‘lgani uchun buvasi uni hech kimga ko‘rsatmay katta qiladi. Aureliano Babiloniya ulg‘aygach, butun umrini Melkiades yozib ketgan pergamentlarni tarjima qilishga sarflaydi. Keyin Babiloniyaning Gastonga turmushga chiqqan xolasi Amaranta Ursula Belgiyadan qaytib, Aurelianoni yoqtirib qoladi. U jiyani ekanligini bilmaydi va xola-jiyan sevishib qoladi. Bundan xabar topgan Gaston jahl ustida Bryusselga qaytib ketadi. Amaranta Ursula homilador bo‘lib qoladi.

    Oy kuni kelgach, Amaranta cho‘chqa dumli chaqaloqni dunyoga keltiradi-yu, o‘zi vafot etadi. Bundan chuqur iztirobga tushgan Aureliano qovoqxonada tongga qadar sharob ichib chiqadi. Sahar vaqti uyga qaytgach, cho‘chqa dumli o‘g‘li esiga tushib, u yotgan xonaga yuguradi. Biroq endi kech: chaqaloqni allaqachon chumolilar yeb bitirgan edi. U ayni shu lahzalarda Melkiades qo‘lyozmalarini sirini yechishga muvaffaq bo‘ladi. Bu qo‘lyozmalarda esa Buendia sulolasining ayanchli taqdiri roppa-rosa yuz yil oldin bashorat qilingan edi: “Avlodning birinchi vakilini daraxtga bog‘lab qo‘yishadi, avlodning so‘nggisini chumolilar yeb bitiradi”.

    Tahlil va xulosa

    Asarda g‘ayrioddiy hamda aql bovar qilmas voqealar shunday bayon etilganki, na yozuvchining o‘zi, na personajlar va na o‘quvchi bundan ajablanadi. Bu asar dunyosida mo‘jizalar o‘zini xuddi har kungi hodisadek, ortiqcha tushuntirishga hojat qolmagandek tutadi. Shuning uchun asar “Mo‘jizaviy realizm” deb atalgan.

    Gabriel Garsia Markes o‘z yurtidagi ajoyib miflar, el orasidagi turli, qiziqarli cho‘pchaklar, afsonalar bilan bu shoh asariga “bezaklar” berib chiqqani shubhasiz. Asar davomida juda kuchli, irodali, favqulodda liderlik xarakteriga ega shaxslar bo‘y ko‘rsatadi, biroq ularning hammasi yolg‘izlikda o‘lim topadi yoki beshafqat vaqt ularni abadiy yolg‘izlik girdobiga butkul uloqtirib tashlaydi. Asar qahramonlarining deyarli barchasiga zulukdek yopishib olgan narsa bitta — Yolg‘izlik!

    Kitobxon yaxshilab e’tibor bersa, tez payqaydi: asar qahramonlarining ismlari avloddan avlodga o‘tib, bir xil takrorlanaveradi. Bunda Markes o‘zlaridan oldin yashab o‘tgan ajdodlarning iztiroblari, g‘ussalari, orzulari, armonlari, xotiralari va xatolari yangi avlodga misoli tavqi la’natdek meros bo‘lib qolishini ramziy ma’noda ifodalagan.

    Isbot o‘laroq, Xose Arkadio va Ursuladan tug‘ilgan bolalar — Xose Arkadio, Aureliano hamda Amarantaning avlodlari qismatiga e’tibor bering. Bu ko‘hna oilaga yopishgan qarg‘ishning ta’sirini o‘zlari sezmagan holda uzluksiz davom ettirishadi. Xatolar bir xilligini ko‘rib hayratlanasiz:

    Fanga ishtiyoq: Xose Arkadio, Xose Arkadio Segundo va Aureliano Xose;

    Uy xo‘jaligi: Ursula va Amaranta Ursula;

    Go‘zallik: Remedios, Remedios go‘zal va Renata Remedios;

    Jinsiy aloqaga doimiy tashnalik: Turli ayollardan o‘n yetti o‘g‘il ko‘rgan kichik Xose Arkadio, polkovnik Aureliano Buendia, Rebeka, Aureliano Segundo, Aureliano Babiloniya va Amaranta Ursula;

    Yaqin qarindoshlarga nisbatan shahvat bilan qarash, qiziqish: Ursula va Xose Arkadio – amakivachchalar (nikoh), kichik Xose Arkadio va Rebeka — ikkinchi amakivachchaning jiyani va xolasi (nikoh), Arkadio va Pilar – o‘g‘il va ona (nikohga urinish), Aureliano Xose va Amaranta — jiyan va xola (jinsiy yaqinlik), Aureliano va Amaranta Ursula – jiyan va xola (nikoh);

    Jangarilik tuyg‘usi va hokimiyatga intilish: polkovnik Aureliano Buendia, Arkadio;

    Qotillikka moyillik: Amaranta Remidios qahvasiga zahar qo‘shib qo‘yadi, Rebeka Xose Arkadioni o‘ldiradi.

    Bu avlod vakillarining hayot yo‘llarida ko‘zga tashlanadigan narsa – yupun yolg‘izlik. Barchasi yolg‘iz tug‘ildi, yolg‘iz voyaga yetdi, yolg‘iz qaror qabul qildi, yolg‘izlikda umri poyoniga yetdi. Asardagi har bir tarixda, har bir personaj qismatida faqat muhabbat va o‘zaro hurmatgina bu o‘tmish po‘panaklaridan xalos bo‘lolmagan sulola qalbiga oz bo‘lsada umid berib turdi. Biroq buning o‘zi kamlik qildi. Tiyiqsiz shahvat balosi, ishratparastlik, axloqsiz munosabatlar, o‘zbilarmonlik xonadondan chiqishga uringan toza e'tiqod nafasini kesdi. Vaqt qudrati oldida bosh egmagan, taqdiridan qochib qutulolmagan, ichki olamini ikkilamchi ehtiyojlar qurumi bosgan Buendia sulolasini yolg‘izlikning yuz yili o‘z domiga tortib ketdi.

    Asardan iqtiboslar

    – Istalgan narsada jon bor. Faqat uning ruhini uyg‘ota bilish kerak.

    – Yaqin kishisi dafn qilinmagan yer odamni o‘ziga bog‘lolmaydi.

    – Bularning hammasi shunday. Dastlab musichadek beozor bo‘lishadi. Iyagiga tuk chiqishi bilan gunohga botishadi.

    Qiziqarli faktlar

    “Yolg‘izlikning yuz yili”dan oldin Markes ispan tilida to‘rtta kitob nashr etgan, ular kutilgan natijani bermagach, asarlardan shunchalik hafsalasi pir bo‘ladiki, besh yil davomida yozishni to‘xtatadi. Biroq, u boshidagi qitmir fikrdan qutula olmaydi: yana urinib ko‘rishga qaror qilganida, oilaning yagona boquvchisi — xotini edi.

    “Kitobni tugatgunimcha ketma-ket 18 oy davomida har kuni yozdim”, — deydi u intervyularining birida. Qo‘lyozma shunchalik katta ediki, oila jamg‘armasi kitobning faqat yarmini nashriyotga jo‘natishga qodir edi. Tasodifan, u ikkinchi yarmini pochta orqali yuborvoradi. Noshir birinchi qismini o‘qishga shunchalik ishtiyoqmand bo‘ladiki, pochta uchun pul to‘laydi.

    Markes samolyotda uchishni yomon ko‘rgan.

    Markes bir vaqtlar bolalar uchun ertak yozishga urinib ko‘rgan. Farzandining tavsiyasi bilan bir ertakni o‘qib chiqadi va shu zahotiyoq niyatidan qaytadi: “Sen chindan bolalarni shunchalik ahmoq deb o‘ylaysanmi?”

    Azizbek Yusupov

    13.05.2023, 16:30   Izoh (2)   21334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (2)

    Kirish
    1. 534505542@telegram.org / 14.05.2023, 06:41

      Ajoyib! Davomli bo'lsin shunday maqolalar.

      Javob berish
    2. 300940575@telegram.org / 13.05.2023, 18:39

      Zoʻr asar. Tahlil ham juda yaxshi boʻlibdi. Qoyil

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jonni Depp, Selena Gomes, Deniel Redkliff va boshqa yulduzlarning sevimli kitoblari. Bu kitoblarning ko‘pi sizga ham tanish

    06.05.2023, 16:57

    Kitob javoningizdan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 10 ta mashhur avtobiografik asar

    01.01.2023, 10:56

    “Millionlab xarajat bilan kitob chiqarasiz, ayrim ‘savobtalab’lar esa elektron shaklini tarqatib yuborishadi” — O‘zbekiston noshirlari mualliflik huquqi muammolari...

    28.04.2022, 12:20

    “Ko‘zimiz bolalar adabiyotiga, sifatli kitoblarga to‘yishi kerak. Biz bu borada hali ochmiz”. Janubiy Koreyada turib, o‘zbek bolalari uchun zamonaviy ertaklar yoza...

    02.04.2022, 07:40

    “Qashshoqlik inqilobga, inqilob esa qashshoqlikka yetaklaydi”. Asarlarida sevgi shahri – Parijdagi hayotning asl yuzini fosh etgan romantizm kuychisi Viktor Gyugo

    16.03.2022, 21:10

    “30 milliondan ortiq xalq uchun bir-ikki bolalar yozuvchisi borligi — fojia”. Yozuvchi Sa’dullo Quronov bilan suhbat

    19.02.2022, 13:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.