• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    “30 milliondan ortiq xalq uchun bir-ikki bolalar yozuvchisi borligi — fojia”. Yozuvchi Sa’dullo Quronov bilan suhbat

    O‘zbek bolalar adabiyoti deganda ko‘z oldimizga Anvar Obidjon, Xudoyberdi To‘xtaboyev va yana bir qancha ijodkorlar keladi. Lekin negadir yangi avlod haqida gapirganda yoki ulardan keyin yozilgan asarlar xususida so‘z ketganda qandaydir manzarani tasavvur etishimiz qiyin. Xo‘sh, bugungi o‘zbek bolalar adabiyoti qanday ahvolda? Nimalar bo‘lmoqda? Qanday asarlar yozilmoqda? Shular haqida batafsil bolalar yozuvchisi Sa’dullo Quronov bilan suhbatlashamiz.

    — Shu yilgacha sizni ikkita kitobingiz bilan tanidik. Avval “Galaktikada bir kun”, oradan hech qancha o‘tmay “Koinot javohiri” chop etildi. Ijobiy fikrlar tanqiddan ko‘ra ko‘proq bo‘ldi. O‘zbek bolalar adabiyotida negadir teskari holat – ko‘ngil to‘lmaydigan tomonlar ko‘p. Bizda chindanam bolalarga atab kitob yozilmayaptimi yoki Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjondan keyin zanjir halqasi uzildimi?

    — Bolalar adabiyoti haqida gaplashar ekanmiz, muammoning keng tarmoqli ekani, bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini unutmaslik kerak. Muammo kompleksli tarzda shishib kelgan. Bolalarga yaxshi asarlar yo‘qdek, ota-onalar kitob tanlashga qiynalayotgandek, deb aytdingiz. Buning ikki tarafi bor: haqiqatda yaxshi kitoblar kam. Ikkinchi tarafdan, o‘qish madaniyatining ommaviy tarzda sustlashib ketgani ham sabab. Yaxshi kitoblarni olishga rag‘batni o‘ldirgan va hozir ham shunday. Muammo o‘quvchi va biz ijodkorlar tomondan teng kelib qolyapti.

    O‘zim ham shuni sinab ko‘rish uchun kitob bozoriga bordim. Muammo nimadaligini bilish uchun bolalarim bilan aylandim. Bir necha soat bozor kezib, atigi 3-4 ta kitob sotib ololdim, xolos.

    Kitob do‘konlariga kirsak, ertak kitoblar shu qadar ko‘pki, sanog‘i yo‘q. Eng ajablanarlisi, o‘sha ertaklarning manbasi yo‘q. Xalq ertagimi, muallif yozganmi, kimdir to‘qidimi — bilib bo‘lmaydi. Na mazmun, na saviya, tili bor. Kitob noshirlikdagi muammolar bilan bog‘liq.

    Aytmoqchi bo‘lganim, muammolar tarmoqlashib ketgan va bir nuqtada yig‘ilib, o‘zbek bolalar adabiyotining tanazzuliga asos bo‘lyapti.

    — Demak, bolalarga kitob yozilmayapti, chop etilmayapti, deyishimiz ham noto‘g‘ri ekan-da?

    — Noto‘g‘ri. O‘qilmayapti, deyishimiz ham noto‘g‘ri. Lekin hammasida muayyan darajada haqiqat ham bor.

    Ta’limda o‘qib tushunish ko‘nikmasi degan malaka bor. Bu har bir bolada, savodli insonda shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘nikma. Muammoning yana bir uchi – amaldagi darsliklarimiz bolaning o‘qib tushunish malakasini shakllantirishga go‘yoki qaratilmagandek tuyuladi. O‘qish texnikasiga urg‘u berdik shu choqqacha. Oddiy baholashdayam bolaning tezligini o‘lchovga soldik. Bolaning o‘qib tushungani, anglagani, mulohaza yuritganini baholamaymiz.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Bizda ta’lim yodlashga asoslandi-da. Tilda bo‘ladimi, boshlang‘ich sinflardami, biz ko‘proq muallifning biografiyasi bilan tanishdik, e’tiborni shunga qaratdik. Berilgan asarni tushunish, estetik zavq olish, kitobning hayotiy-ijtimoiy ahamiyatini his qilishga darsliklarda uncha e’tibor bermaganmiz.

    Bunda kim aybdor? Tizim, davlat test markazi deyishimiz mumkin.

    Adabiyot fanining maqsadi, o‘quvchida tafakkurni uyg‘otish, badiiy did, ijodkorlikni shakllantirishdir.

    Biz fandan egallash mumkin bo‘lgan ko‘nikmalarni ijtimoiy hayotga, insonning ma’naviy barkamolligiga yo‘naltirsak edi, balki, o‘quvchilik madaniyati ham shakllangan bo‘lardi, deb o‘ylayman.

    — Bolaning badiiy tafakkuri, didini shakllantirishda uning ma’lum yoshga yetishini kutishimiz noto‘g‘ri ekan. Keling, shu haqida gaplashsak.

    — Dinara Mo‘minova degan yozuvchi ayol bor. U kishining yaqinda “Quyoshning sehrli botishi” degan kitobi chiqdi. Shu ayol Facebook’da qiziq-qiziq maqolalar joylaydi. Yaqinda bir postiga ko‘zim tushdi. Xorijlik tadqiqotchilarning aniqlashicha, bolada badiiy asarni his qilish, qahramonlarni tanish va ajrata olish qobiliyati 5-6 oyligida boshlanarkan.

    Xorijda bir janr shakllangan. Rasmli kitob. Aynan tarjimasi shunday. Bu illyustratsiyali, ichida rasmlari bor kitob ham emas. Rasmning o‘zi matnning bir bo‘lagiga aylangan. Katta varaqda bitta surat “so‘zlaydi” matn bilan birga. Bu aynan 0+, 3+ kategoriyali bolalarga mo‘ljallangan bo‘ladi.

    Bolani muayyan qoidalar bilan nimagadir o‘rgatishimiz shart emas. U intuitiv ravishda o‘rganadi hammasini.

    Tizimlilik yosh kategoriyasi bilan bog‘liq. Xorijda bolaning hatto qaysi so‘zni qaysi yoshda tushunishini ko‘rsatadigan dasturlar bor. Hisob-kitobi bor. Bizda buning iloji yo‘q. Nashriyotlar muharrir yoki yozuvchining subyektiv qarashiga ko‘ra yosh chegarasini belgilaydi.

    Tizimni yo‘lga qo‘yishda ilmga suyanishimiz kerak. Bir vaqtning o‘zida bolalar adabiyotidagi muammo – kattalar muammosi, tilshunoslar, adabiyotshunoslar, noshirlar, yozuvchi, psixolog, illyustratorlarning masalasidir.

    — Ko‘pchilik bolalar uchun yozish osonroq kattalar nisbatan, deb o‘ylaydi. Vaholanki, bu yuz martalab qiyin, mashaqqatli ish. Bola siz-u mendan aqlli, sezgir va zukko bo‘ladi. Shunday emasmi?

    — Har narsaning asosi – ijodkorlikda. Matematik ham, muhandis ham ijodkor bo‘lishi mumkin. Buni keng ma’noda qo‘llayapman.

    Bola uchun yozilgan asarda eng muhim omil nima, deyishsa “matn, til” degan bo‘lardim. Til shunday bo‘lishi kerakki, agar siz matnni bolaning yoshiga mos so‘zlardan foydalanib, samimiy yozsangiz, matningizni tishga tegadigan bayondan xoli qilib tasvirlasangiz, bola kitobingizni yoqtirmasligi mumkin, lekin oxirigacha o‘qiydi. U avvalo tushunib olishi kerak. Voqealar qayerga ketayotganini anglab olsagina, zavqlanib o‘qiydi.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Bolalar yozuvchisini qiynashi kerak bo‘lgan narsa – mas’uliyat. U yozyapti, lekin bolalar o‘qimayaptimi, yozmasligi kerak. Asaringiz e’tirof etilmadi, o‘rni, o‘quvchisini topmadimi, mayli. Kattalar uchun yozaver, bolani aldama. Insofli bo‘l! Adashib, asaringni o‘qib qolsa, oqibati yomon bo‘ladi. Badiiy didini o‘ldirishdan boshqaga yaramaydi. Agar boshqa asar o‘qimasa, juda dahshatli.

    Bolaga asar yozayotgan ijodkor “Kapalak effekti”ni unutmasligi kerak. Ya’ni Avstraliyadagi kapalakning bitta qanot qoqishi Janubiy Amerikada tornadolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shaxsan o‘zim sevgi-muhabbat kabi mavzularni kitobimga kiritmayman. Kattalar uchun ayrim detallarni qoldirish mumkin, lekin hammasiniyam emas.

    Bolalarga atab yozyapsizmi, insofli bo‘ling!

    — Bugungi zamon bolasini ertak-cho‘pchak bilan aldash qiyin. Zamonaviy vositalar ichida ulg‘ayayotgan o‘g‘il-qizni hayratlantira oladigan asarlar yozish talab etiladi endi. Lekin yozuvchilarimizning aksari avval didaktika – pand-nasihatni ko‘pincha oldga qo‘yishadi. To‘g‘ri, bu hammasidan avval kerak. Axloqsizlik har qanday noma’qulchilikning boshi. Ammo davr talabini ham unutmaslik kerak, menimcha. Yozilayotgan asarda bolaga nimani o‘rgatish muhim va qanday mavzularda yozish kerak, deb o‘ylaysiz?

    — Didaktika deganingizda bir gapni aytay, bu bizning qon-qonimiz, tafakkurimizga singib bo‘lgan hodisa. Shunchaki “yaxshi bo‘l, yomon bo‘lma!” degan gapni aytish boshqa, buni muayyan qahramonga yuklab, turli ziddiyat, voqealar rivojida tushuntirish – haqiqiy badiiy adabiyot. Asar shunday bo‘lsinki, bola salbiy xislatlar nimaligini kitob tugagach voqealar oqimidan kelib chiqib anglasin.

    Bugun butun dunyoda fantastika janri rivojlanmoqda. Uning turlari ko‘p – ilmiy-fantastika, fentezi kabilar.

    O‘zim uchun belgilab olganman, balki faqat shu yo‘nalishda yozarman – ilmga tayanib, muayyan muammoni o‘rtaga qo‘yaman va buni kitob qilaman.

    O‘tgan asrlarda Xitoyda kommunistik partiya eng cho‘qqisiga chiqqan paytda: “Fantastika bolani hayotdan uzoqlashtiradi”, deb bu janrga muayyan cheklovlar qo‘yiladi. Oradan vaqt o‘tib, kuzatishsa, ilm-fan, ishlab chiqarish, taraqqiyotda G‘arb oldinda, Xitoy tobora orqada qolyapti. Muammoni o‘rganishgan va fantastika janrini cheklashgani katta xato bo‘lganini tushunib yetishgan. Shundan keyin Xitoy maxsus dastur tuzib, fantastikaga alohida e’tibor qaratadi. Hozir Amazon’da eng ko‘p kitobi sotiladiganlar xitoylik fantast yozuvchilarnikiga to‘g‘ri keladi.

    Ilm-fan yo‘nalishida inqilob qilmoqchi bo‘lsak, mana shu janrga e’tibor qaratishimiz shart.

    Sa’dulla Quronov bilan suhbatning to‘liq shaklini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Charos Nizomiddinova suhbatlashdi.

    Tasvirchi va montajchi — Ilhom Xursanaliyev.

    19.02.2022, 13:36   Izoh (0)   67383
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.