O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 million dollarga teng bo‘lgan 2,7 million dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonga mobil telefonlar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 185 mingtaga oshgan.
O‘zbekiston 11 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy – 2,1 million dona;
- BAA – 247,5 ming dona;
- Vyetnam – 199 ming dona;
- Hindiston – 175 ming dona.
Izoh (0)