Toshkent viloyati Bekobod tumanida bedarak yo‘qolgan erkak 14 oydan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, G‘anibek Ibodullayev 1991-yil 18-iyul kuni Bekobod tumanida tug‘ilgan. Tumanning “Qolg‘onsir” MFY Yoshlik ko‘chasi 24-uyda oila aʼzolari bilan yashagan. U 2022-yil 23-mart kuni yashash xonadonidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, shu kunga qadar qaytib kelmagan.
Alohida belgilari: bo‘yi taxminan 170-175 sm, o‘rtacha gavdali, bug‘doyrang, sochi kalta oq oralagan, ko‘zi, qoshi qora rangda. Yurgan vaqtida sezilarli darajada bukilib yuradi.
Ushbu shaxs to‘g‘risida biror-bir maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Izoh (0)