Xorazm viloyati Urganch shahridagi maktablarning birida ota-onalardan noqonuniy pul yig‘ilayotgani rad etildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 5—6-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ayrimlarida ota-onalardan maktabni remont qilish, kuzatuv kamerasi o‘rnatish va boshqa bahonalar bilan noqonuniy pul yig‘ish holati sodir bo‘layotgani haqida xabar tarqalgan. Mazkur holat Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
Urganch shahar 3-sonli, 15-sonli va 28-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi bitiruvchilaridan olingan anonim so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ushbu maktablarda noqonuniy pul yig‘imi sodir bo‘layotgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Izoh (0)