• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Nahotki bir xatosi uchun shunchalik og‘ir jazolash to‘g‘ri bo‘lsa” — 21 yoshli talabaning diniy qo‘shiq sabab 3 yilga qamalgani eʼtirozlarga sabab bo‘ldi

    Oliy sud Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi, 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovga Telegram guruhda diniy mazmundagi nashida tarqatgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabar berdi.

    Jahongir Ulug‘murodov
    Foto: Facebook

    Maʼlum qilinishicha, nashida mazmuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi bilan “aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan” deb topilgan va “O‘zbekistonda tarqatish taqiqlanishi”, ko‘rsatilgan. Sudning bu hukmi ijtimoiy tarmoqlar faollari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jamoatchilik yosh va iqtidorli yigitni buncha muddatga ozodlikdan mahrum qilish qaroriga nisbatan turli eʼtirozlarini bildirmoqda. Xususan, tadbirkor Zafar Hoshimov o‘z sahifasida Jahongir qamalgani haqidagi xabarni o‘qib, qattiq ta’sirlanganini yozgan.

    “Kech ishdan kelib, shu maqolani o‘qib, tomog‘imdan ovqat o‘tmadi. Grant asosida “narxoz”da o‘qib kelayotgan 21 yoshli talaba bir yil avval YouTube’dan (ochiq manba) olib, bilar bilmas, sinfdoshlariga yo‘llagan bir nashida uchun uch yil qamoq jazosi olibdi. Bilar- bilmas, deganim, bu nashidani butun boshli bir diniy qo‘mita o‘rganib, tahlil qilibgina, uning asl mohiyati zararli, deb topibdi. Yosh yigit YouTube’da qo‘shiq eshitib, uning bu jihatlarini tushunmagan bo‘lishi mumkin-ku axir. Bu yigit umuman yomon niyati bo‘lmagan bo‘lishi ham mumkin…

    Ayni yangi Konstitutsiyamizda gumonlar ayblanuvchi foydasiga talqin qilinadi, deyilmaganmi?! Yoshlik ayni xatolar, adashishlar pallasi. Aftidan ayon, odobli, aqlli yigit, nahotki, bir xatosi uchun uni shunchalik og‘ir jazolash to‘g‘ri bo‘lsa? Yosh umrini xazon qilib, yorug‘ darsxonalarda ilm olib, mutaxassis bo‘lib, vataniga unumli xizmat qilish o‘rniga, u zax hibsxonalarda kunlar emas, yillar o‘tkazsa?! Aminmanki, shu yigit bilan yaxshi tushuntirish o‘tkazib, ota-onasi oldida qattiq ogohlantirilsa, bir umrga yetib- ortardi, do‘stlariga hatto “Nu, pogodi!..” multfilmini ham boshqa yubormaydigan bo‘lar edi… Mening fikrimcha, bu jazoning o‘zi o‘ta radikal. Sud — adliya tizimimiz bu hukmni yana bir bor adolat, insonparvarlik va gumanizm asnolariga asoslanib, qayta ko‘rib chiqadi, degan umiddaman. Bu yigitga yoki uning oilasiga hech qanday aloqam yo‘q. Shu siyratini ko‘rib, maqolani o‘qib, ezildim”, — deb yozgan tadbirkor.

    Foto: Facebook / Jamoliddin Muhammadjon

    “Telegramda sinfdoshlar guruhiga nashid yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongirning ota-onasi. Ayniqsa, onaizorga qarang. 19 yoshli o‘g‘lining bunchalik qattiq jazolanishi uni qanchalar ezib qo‘ydi. Yaxshiliklardan umidimiz bor edi. Ammo ortga chekinish yo‘q, insholloh. Qo‘limizdan kelgan barcha sabablarni qilamiz. Robimizning marhamati keng, barchasi O‘ziga oson”, — deb yozgan ijtimoiy tarmoqlar faoli Muhammad Temur Aʼzam.

    Shu bilan birga, sud jarayonini kuzatgan bloger Olimjon Haydarov ham o‘z fikrlarini yozdi.

    “Jahongir 2022-yilning oktyabr oyida YouTube‘da nashida eshitib qolgan (maʼnosini tushunmagan, chiroyli musiqasini yoqtirgan), saqlamagan, shunchaki qo‘shiq linkini 10 nafar sinfdoshlari bo‘lgan Telegram guruhga tashlagan. Birorta guruh aʼzosi linkni ochmagan, qiziqmagan ham (guvohlik va tushuntirish xatlari bor). Hammalari IIB binosiga olib kelingach, u linkdagi qo‘shiq nashida ekanini bilishgan. Yaʼni Jahongirni harakati hech qanday ijtimoiy xavf tug‘dirmagan.

    Shunday bo‘lsa-da, IIB xodimlari unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 244¹-moddasi, 3-qismi, “g”qismi (oxirgi vaqtlarda IIB uchun bu modda navbatchi moddaga aylanib qoldi) bilan ayblov eʼlon qilgan, sud esa bu ayblovni deyarli o‘zgarishsiz tasdiqlab yubordi. Sudlar qachon adolat bilan hukm qilsa, keyin odamlarni ularga ishonchi qaytadi. Bugungi sud majlisi mutlaq adolatsiz o‘tdi, deb hisoblayman. Qonunda ham sudlar aynan adolat va qonunga asoslanib hukm chiqarishlari kerakligi ko‘rsatilgan. Lekin hozirda juda ko‘p sudyalarimiz adolat bilan qaror chiqarishmayapti”, – deb yozgan u.

    Blogerga ko‘ra, ustozi Jahongir “Narxoz”ga o‘z bilimi bilan davlat granti asosida kirgani, matematikadan noyob qobiliyatli “vunderkind”lardan biri ekanini aytgan. Bunday noyob yoshlar 3-5 foizni tashkil qilishi, ingliz tilini IELTS 6,5 darajasida bilishini taʼkidlagan.

    “Bitta musiqa eshitish qanday qilib davlatga xavf solishi mumkin? Nega rostdan ham xalqni talayotgan, vatanni bo‘lib bo‘lib sotayotganlarni ko‘rmaslikka olasizlar? Bu kabi umuman aybsiz go‘daklarni qanchasini qamab yuborishgan, Allohga ayon, internetga chiqib qolganini ko‘ryapmiz xolos”, — deya fikr bildirgan u.

    Foto: Facebook / Jamoliddin Muhammadjon

    “O‘zbekistonda shakllangan adolatsiz tizimning ramzi: millatdan millionlab dollar o‘margan yoki yetimlarni zo‘rlagan amaldorlar shartli jazolanayotgan bir paytda, oddiy diniy qo‘shiq deb 3 yilga qamalib ketgan talabaning ota-onasining holati”, – deb yozgan jurnalist Sardor Salim.

    Bloger Usmon Aliyev ham shu mazmundagi post qoldirgan.

    “Siz ko‘rib turgan yigitni, birgina nashida yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. O‘zbek qizlarini zo‘rlab, ularni nomusiga tegib kelayotgan ifloslarni esa, ishidan bo‘shatdi, ja bo‘lmasa uy qamog‘i. Bu hukumat o‘ylamasin biz unutib yuboramiz deb. Hali hammasini badali albatta bo‘ladi. Bu dunyoning o‘zida xor bo‘lasan, butun dunyoga sharmandalar”, — deb yozgan u.

    “Bir yil avval kichik bir guruhchaga tashlangan nashid uchun 3 yil. Zulm bu! Kichik, bilmasdan xato qilgan yosh farzandiga og‘ir jazo bergan otaning ishiga o‘xshaydi. Insof qani, adolat qani, himmat, bag‘rikenglik qani”, — deya yozg‘iradi bloger Sanjar Said.

    “Jahongirga o‘xshab nashid, maʼruza bahonasida qamalgan va qamalayotgan yigit-qizlar juda ko‘p”, — deb yozadi Facebook faoli Jamoliddin Muhammadjon.

    Umuman olganda, sud hukmi to‘g‘risida juda ko‘plab faollar tanqidiy mazmundagi fikrlar bildirmoqda.

    Jahongirning yaqinlari ham sud hukmidan norozi ekanligini bildirib, apellyatsiya shikoyati berishlarini maʼlum qilgan.

    08.05.2023, 23:00   Izoh (0)   25006
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yakkabog‘da Open budget puliga qurilayotgan asfalt yo‘l talabga javob bermasligi xabar qilindi (video)

    08.05.2023, 22:28

    “Xalqimiz o‘z huquq va kafolatlarini tushunishi hamda undan foydalana olishni bilishi kerak” — deputat

    08.05.2023, 22:06

    “Davlatning yoshlar oldida majburiyat olayotgani — juda katta tarixiy voqea” — Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi 

    08.05.2023, 21:57

    “Konstitutsiya mohiyatan inson shaʼni va qadr-qimmati uchun yangilangani sababli, xalq bizdan real harakat kutmoqda” — Yelena Borisova

    08.05.2023, 21:33

    “Referendumda xalq yangi Konstitutsiyani tasdiqladi va yangi huquqiy maydon yuzaga keldi” — Alisher Qodirov

    08.05.2023, 21:20

    Xalqaro baxshichilik festivali g‘oliblari aniqlandi: Gran-pri O‘zbekistonda qoldi

    08.05.2023, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sayyoradagi ertaknamo ko‘rinishga ega maskanlar

    Layfstayl | 21 iyun, 12:15

    Bola yomon baho olsa ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerak? Pedagog javob berdi

    Layfstayl | 21 iyun, 11:55

    Turk nonushtasi dunyodagi eng yaxshi nonushta deb eʼtirof etildi

    Layfstayl | 21 iyun, 11:35

    Tramp neft mavjud bo‘lsa Eronga yadro energetikasi nima uchun kerakligini tushunmasligini bildirdi

    Dunyo | 21 iyun, 11:20

    Shou uchun million dollarlar: jahon yulduzlari nima uchun konsertga ko‘p pul sarflaydi?

    Musiqa | 21 iyun, 10:50

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.