Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslonova yangilangan Konstitutsiya yuzasidan fikrlarini bildirdi.
Uning aytishicha, bugungi kunda har bir inson, dinidan, millatidan qatʼi nazar, men O‘zbekiston fuqarosiman, deb g‘urur bilan aytishi mumkin.
“Menimcha, bu yangi rivojlanish. Insonga nima kerak? Ishonch va tanlash imkoniyati. Menimcha, bugungi kunda yangi Konstitutsiyada bu normalarning barchasiga amal qilingan.
Endi hammasi qanday amalga oshishi bizga bog‘liq. Davlat bizga nima kerakligini bilishimiz uchun ko‘rsatmalar berdi, xalqimiz, aholimiz bizni tushunishi juda muhim. Ular o‘zlarining barcha huquq va kafolatlarini tushunishi va undan foydalana olishni bilishi kerak”, — deydi deputat.
Izoh (0)