Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda COVID-19 pandemiyasi tugagani haqida xabar berdi.
JSST tomonidan 2020-yil 30-yanvarda koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan dastlab favqulodda holat, o‘sha yil 11-mart sanasida esa pandemiya eʼlon qilingandi.
“2020-yildan buyon rasman 7 millionga yaqin kishi COVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, — deydi Gebreyesus. — Ammo real raqamlar bundan ancha yuqori. Biz kamida 20 million o‘lim holatini nazarda tutyapmiz”.
Avvalroq mart oyida JSST koronavirus pandemiyasi qachon tugashini maʼlum qilgan edi. Una JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus uchta asosiy xulosani chiqarish orqali odamlar yaqin kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi pandemiya qiyinchiliklariga dosh bera olishini aytib o‘tgandi. Xususan, u aholi salomatligi muhimligini unutmaslik, ilm-fanning muhimligi va mamlakatlarni hamkorligi muhimligini aytgan.
Izoh (0)