Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro 1 milliard so‘mlik qarzini naqd pulda to‘ladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qarzdor fuqaro B.Salomovdan undiruvchi fuqaro A.Dadajonov foydasiga 857 million 474 ming so‘m pul summasi, 40 million 316 ming so‘m bank foizi, murojaat qilish uchun to‘langan 14 ming 190 so‘m pochta xarajati jami 1 milliard 277 million 540 ming 736 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan edi.
Majburiy ijro byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro hujjati taminlanishi yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, 2019-yildan buyon qidiruvdagi qarzdor fuqaro topilib, qarzdorlik to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati tamomlangan.
Izoh (0)