• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi bog‘chada 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilingani, voqea “qahramoni” bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li ekani aytilmoqda

    “Gazeta.uz” saytida Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi bolalar bog‘chasida 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilingani, bunda bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li ayblanayotgani aytilgan maqola eʼlon qilindi.

    Taʼkidlanishicha, bunday voqea Chilonzor tumanidagi 230-sonli bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan.

    Nashrga bir nechta ota-onalar murojaat qilib, ularning farzandlariga Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining 11- yoki 9-sinfida o‘quvchi o‘g‘li tegajog‘lik qilganini aytgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, voqea 2-may kuni tushdan keyin 6 yoshli bolalar guruhi uxlashga kirganida sodir bo‘lgan va gumonlanuvchi bola 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgan.

    Muxbir bilan suhbatda direktor bu tuhmat ekanini taʼkidlagan bo‘lsa, boshqa bolalarning ota-onalari esa ushbu holat rostdan ham bo‘lganini, ularning farzandlari so‘zlab berishganini aytgan.

    Jabrlanuvchi qizchaning buvisi qizlarga direktorning Hasan-Husan o‘g‘illaridan biri tegajog‘lik qilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

    “Direktorning ikki o‘g‘li Hasan-Husan har doim bog‘chada yuradi. Qizchalar xonaga Hasan kirgan deb aytishyapti. Suhbatda kirganini aytib qo‘ymasin deb, kirmagan bolani Husanni tergovga kirgizishyapti. O‘g‘il bolalarning dadasi ham o‘g‘limni chaqirib, ota-onalardan uzr so‘raymiz, bizdan o‘tdi, degan gaplarni aytgan. O‘g‘lim shularni diktofoniga yozib olgan”, — deydi u. 

    To‘rt nafar qizchaning bari 15 yoshli bola “ularning ishtoni va ich kiyimini yechib, nomaqbul harakatlarni” amalga oshirganini so‘zlab bergan.

    “Bog‘cha hamshirasining qizi Hasan akamni ko‘rgandim, kelib shu ishni qildilar, ishtonini yechdilar, deb gapirib bergandi bizga. Onasi va tarbiyachisi kelganidan so‘ng qanday ko‘rasan, sen yo‘q eding-ku, tashqaringda yurganding-ku, deb po‘pisa qilganidan keyin qiz men yolg‘on gapirdim, deb qoldi. Uni ham psixologga chaqirishgandi, lekin onasi olib kelmadi, hozir bog‘chaga ham kelmayapti. Direktor bilan hamshiraning tili bir. Lekin Allohdan qo‘rqmayapti ular”, — deydi jabrlanuvchining buvisi.

    Suhbatdoshning aytishicha, ularning farzandi bolaga qarshilik ko‘rsatgan, biroq u kuch ishlatib, “ko‘zingni yumib ol” deya, o‘z ishida davom etgan. “Yechmang desam, kuchim yetmadi. Ovozi ham yo‘g‘on edi, qo‘rqma, ko‘zingni yumib yot, hech kim ko‘rmayapti, hamma uxlayapti deb aytdi”, dedi qizcha. Uning buvisi esa “Bola shunday gaplarni o‘ylab topa oladimi?” — deya savol bilan yuzlangan.

    Voqea sodir bo‘lgan vaqtda Lyudmila ismli bog‘cha opasi ish joyida bo‘lmagan. Uning o‘zi bunga “bu yerda faqat tushlik vaqtigacha ishlashini” sabab qilib ko‘rsatdi. Qolaversa, uning fikricha, “bolachalar aldashni, ayniqsa, bunday gaplarni to‘qib chiqarishni bilmaydi”. Uning yordamchisi esa bolalarni uxlatishga kirgizib, o‘zi ikkinchi tushlik olib kelish uchun chiqib ketgan bo‘lgan.

    Mazkur holat yuzasidan to‘plangan material bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Telefon orqali suhbat davomida tergovchi maʼlumot bera olmasligini, buning uchun poytaxt IIBBdan ruxsat olish zarurligini taʼkidladi.

    Voqea doirasida tekshiruv boshlangach, bolalar ekspertizaga olib borilgan. Biroq, ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, ularni faqat og‘zaki so‘roq qilishgan, xolos. Psixolog bilan suhbat esa ota-onalar va ularsiz amalga oshirilgan. Suhbat yakunida esa psixolog chiqib, “bola qizlarga tegingan, xulosam shu”, — deb tasdiqlagan.

    “Bu — tuhmat”. Bog‘cha direktorining fikri

    Ism-familiyasini ko‘rsatmaslikni iltimos qilgan 230-sonli MTT direktori o‘g‘li MMA bilan shug‘ullanishi, hozirda 9-sinfda o‘qiyotgani va 15 yoshdaligini aytdi. Qolaversa, u yuqoridagi ayblovni rad etib, “buning barchasi tuhmat ekanini” taʼkidlagan. Biroq o‘g‘lining tarbiyalanuvchilar uxlayotgan xonaga kirganini rad etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li xonaga 3:30 larda kirib, 3:40 larda chiqib ketgan, yaʼni ichkarida 10 daqiqa bo‘lgan.

    “O‘g‘limning aqli-hushi joyida. Maqtanish emas, bolamni besh mahal namozga solganman. Dodasi bomdodni jamoat bilan o‘qish kerak deydi, birga namoz o‘qishadi… Bu — o‘sayotgan bolani sindirish!”, — degan bog‘cha direktori.

    Bog‘cha direktori jurnalistdan ishga bunchalik chuqur yondashmaslikni, bu “eʼtibor berib, yoritishga arzimaydigan mavzu” ekanini aytgan. Va umuman yoritmaslikni so‘ragan. Direktor, shuningdek, tibbiy ekspertizaning javobi “toza” chiqqanini, organ xodimlari hozircha bu haqda ota-onalarni xabardor qilmaganini aytib, organ xodimlari indamay turish va oradan 3−4 kun o‘tib, hammasi unutilib ketishini aytganini bildirgan.

    Guvohlar nima deydi?

    Mazkur holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bir qizcha kechki payt voqeani onasiga so‘zlab bergan. Uning aytishicha, qizchalarga Hasan tegingan. Onasi farzandi Hasan va Husanlarni yaxshi ajrata olishi va ular bog‘chaga kelib turganini qayd etgan.

    “Dilya opam bulochka olib kelgani chiqib ketgan paytda Hasan aka qizlarning ishtoni va ichki kiyimini yechib, mana shunaqa qildi, dedi. Senga tegmadimi desam, yonimgacha keldi, ismimni so‘radi, aytdim, dedi. Menga tegmadi, lekin boshqa qizlarni shunaqa qildi, dedi. O‘sha kuni bu voqealarni kechasi bildim”, — degan voqea guvohi bo‘lgan qizchaning onasi.

    Poytaxt IIBBning “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, mazkur holat nazoratga olingan va tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi. Bosh prokuratura ham mazkur voqea yuzasidan munosabat bildirib, holat nazoratga olinganini, natijalari haqida qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qildi.

    04.05.2023, 18:23   Izoh (1)   12078
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 554988832@telegram.org / 04.05.2023, 18:35

      Бунака харом инсонларни йук килиш кере. Минг ланат булиб ер ютсин

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda ikki maktab o‘quvchilari janjallashdi (video)

    04.05.2023, 17:48

    Makkada xorazmlik ayollar tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab, qochib ketgani haqida xabar tarqaldi

    04.05.2023, 17:17

    Sherali Jo‘rayev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a'zo bo‘ldi

    04.05.2023, 17:17

    Buxoroda er ayolini urib, qovurg‘alari va burnini sindirdi 

    04.05.2023, 16:55

    Toshkentda ayol o‘ziga o‘t qo‘ygani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    04.05.2023, 16:49

    O‘zbekistonda dollar kursi besh kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    04.05.2023, 16:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni import qilish xarajatining bir qismi qoplab beriladi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 11:59

    “Tramp dunyo imperatori etib saylanmagan” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 18 iyul, 11:45

    Aktyor Tom Holland “O‘rgimchak odam” filmining yangi qismi haqidagi tafsilotlarni oshkor qildi

    Kino | 18 iyul, 11:35

    Isroil G‘azodagi minglab fuqarolik obyektlarini buzishga kirishdi (foto, video)

    Dunyo | 18 iyul, 11:18

    Apple tarixdagi eng qimmat iPhone ishlab chiqaradi

    Dunyo | 18 iyul, 11:06

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqaning chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

    Sport | 18 iyul, 10:59

    Koni foyda: qovun yeyish uchun 9 ta asosli sabab

    Maslahatlar | 18 iyul, 10:58

    Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 10:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.