Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning xalqaro tadbirlar jadvali Kremlga dronlar hujumidan keyin ham o‘zgarmadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Erbol Sultonboyev “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.
Sadir Japarovning Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan tashrifi 8-mayga belgilangan. G‘alaba kuni Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkaziladigan bayram paradida ishtirok etish niyatida. “Vedomosti”ning xabar berishicha, Sadir Japarov G‘alaba paradida qatnashadigan yagona xorijiy davlat rahbari bo‘ladi.
Bir kun avval, 3-may kuni Moskva Kiyevni Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilishga uringanlikda aybladi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy voqeaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi.
Izoh (0)