• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kremlga dronlar hujumi. Qanday savollar javobsiz qolmoqda?

    Rossiya hukumati 3-may kuni Kremlga ikkita dron hujum qilgani to‘g‘risida xabar bergandi. Vladimir Putin matbuot xizmati sodir bo‘lgan voqeani “prezidentga suiqasd” deb atadi, biroq uning kechasi Kremlda bo‘lishi ehtimolligi juda kam. BBC Kremlga uyushtirilgan hujum bo‘yicha rasmiy versiya e’lon qilinganidan keyin ham javobsiz qolayotgan savollarga to‘xtalib o‘tdi.

    Kadr: Telegram

    Kreml yarim kun davomida hujum ma’lumotini yashirib kelgan

    Kremlga uyushtirilgan hujumga oid dastlabki video Yakimanka va Zamoskvorechye tumanlari aholisining kanalida paydo bo‘ldi. Kanal ma’murlarining aytishicha, Serafimovich ko‘chasidagi uylar aholisi “momaqaldiroqqa o‘xshash” gumburlash ovozini eshitgan.

    Shuningdek, tuman aholisi “osmonda chaqnoq va Kreml devorlari ustida fonar ko‘targan odamlarni ko‘rgan”. E’lon qilingan ikki videodan birida 3-mayga o‘tar kechasi Kreml va uning atrofidagi yoritish chiroqlari o‘chirilganini ko‘rish mumkin. Boshqasida — devor uzra tutun tasvirga olingan.

    BBC video mualliflari bilan bog‘lanishga uringan, ammo ular OAV bilan faqat moliyaviy mukofot evaziga muloqot qilishga rozi bo‘lishgan.

    E’tiborli jihati, shaharga oid boshqa nashrlarda Kremldagi voqea haqida hech narsa e’lon qilinmagan. Aftidan, Moskva markazidagi harakat to‘xtatilmagan. Moskva Kremli muzeyi, rasmiy sayt ma’lumotlariga ko‘ra, odatdagi rejim bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda, Aleksandr bog‘iga kirish ham cheklanmagan. Qizil maydon aprel oxirida 9-may kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayramga tayyorgarlik sabab yopilgandi.

    Fuqarolardan birining aytishicha, u dronlarning urib tushirilganini ko‘rmagan, biroq na ertalab va na kechqurun hududda favqulodda holatga oid biror alomatni sezmagan, dronlar hujumi haqida esa televideniyedagi yangiliklar orqali xabar topgan.

    Yakimanka tumani kanalida paydo bo‘lgan roliklar kunduzi, Kreml matbuot xizmati sodir bo‘lgan voqeani Vladimir Putinga suiqasd deya baholaganidan keyin faol muhokama qilish boshlangan.

    Shundan keyin OAV va ijtimoiy tarmoqlarda dronlar bilan bog‘liq holatning ancha yaqin masofadan olingan videolari paydo bo‘la boshladi. Tasvirlardan biri Qizil maydon tomonidan tushirilgan. Videoda dron bruschatka ustidan uchib o‘tib, Rossiya bayrog‘i o‘rnatilgan Senat saroyi, Vladimir Putinning rasmiy qarorgohi gumbazi ustida portlab ketganini ko‘rish mumkin. Shu vaqtda gumbazga ikki kishi — taxminlarga ko‘ra, maxsus xizmat xodimlari ko‘tarilgan. Rolikning birinchi manbasi noma’lum, ammo u kuzatuv kamerasining mobil telefonga yozib olingan tasviriga o‘xshaydi.

    Ko‘p o‘tmay “TVS” telekanali yuz bergan voqeaga oid ikkita turli videoni e’lon qildi. Ularda ikkita uchuvchisiz uchish qurilmalari tomonidan amalga oshirilgan turli hujumlar tasvirlangan.

    Videolarning birida dron Qizil maydon uzra uchib o‘tgani va Senat saroyi gumbazi yaqinida portlagani, keyin tutun paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Navbatdagi videoda dron boshqa yo‘nalishdan uchib kelib, binoga urilgani, shundan keyin tomda yong‘in yuzaga kelgani tasvirlangan. Ya’ni dronlar turli trayektoriyalar bilan harakatlangan, ammo maqsad bitta.

    Roliklarda hujum amalga oshirilgan paytda Spasskiy minorasidagi kurantlar ko‘rsatayotgan vaqtlar bir-biridan farq qilayotgani aniq tasvirlangan. Aftidan, vaziyat quyidagicha bo‘lgan: soat 02:30 larda birinchi dron gumbazga kelib urilib, yonib ketgan. Oradan 15 daqiqa o‘tgach, Qizil maydondan “Xitoy-shahar” yo‘nalishdan kelgan dron uchib o‘tgan — u Senat saroyi gumbazi yaqinida portlagan. Taxminlarga ko‘ra, gumbaz odamlar chiqqani tasvirlangan rolikda ikkinchi hujum holatidir.

    Shu bilan birga, SHOT Telegram kanali Senat saroyi tomi tasvirlarini e’lon qildi, unda biror-bir shikastlanish alomatlari mavjud emas. BBC mazkur video qachon tasvirga olinganini tasdiqlay olmaydi. Ukraina tomoni hujumga aloqadorligini rad etgan.

    Ukraina dronlari Kremlga qadar uchib kela olarmidi? Harbiy muxbir Pavel Aksenov nima deydi?

    Kreml — Rossiyada eng qattiq himoyalanadigan obyektlardan biri. So‘nggi yillarda Kreml devori bo‘ylab yoqilgan GPS-navigator bilan harakatlangan istalgan inson buni amalda sinab ko‘rishi mumkin — Kremlga yaqinlashgach, ekranda belgi poytaxt aeroportlaridan birini ko‘rsata boshlaydi.

    Bu radioelektron kurash tizimining ishi — shu oraqali ular oddiy tijoriy dronlarga qarshi kurashadi, bu kabi uskunalar aeroportlar yaqiniga o‘rnatilgan. Mazkur himoya yechilishi mumkin. Harbiy dronlar bu turdagi himoyalarni chetlab o‘tishda turli tizimlardan foydalanadi. Ulardan biri — parvozning ma’lum hududida inersianal navigatsiya, ya’ni avtopilotdan foydalanish. Bunday tizim elektron qarshi choralarga nisbatan zaifroq, ammo aniqlikni pasaytiradi.

    Bu kabi radioelektron qarshilik sharoitida dronlarni radioaloqa orqali boshqarish juda qiyin, balki imkonsiz ham hisoblanadi. U belgilangan nuqtaga kiritilgan dastur orqali mustaqil uchishi kerak.

    Kremlning uchuvchisiz uchish qurilmalariga qarshi Moskva tashqarisida ham keng ko‘lamli himoya tizimi mavjud. U haqida ma’lumotlar juda kam, biroq yanvar oyida shahar markazi atrofidagi binolar tomiga “Pansir-C1” zenit tizimlari o‘rnatilgan edi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarga ko‘ra, bu parraklarga samolyot tipidagi nisbatan kichik dron bo‘lishi mumkin, chunki u sekin harakatlangan. Bundan apparatlarda asosan ugleplastikdan foydalangan holda tayyorlanadi, shu boisdan radiolokatsion vositalar uni payqashi qiyin, ayniqsa, kichik tezlikda harakatlangan vaqtida.

    Bundan tashqari, butun Moskvani himoya qiladigan havo hujumidan mudofaaning ancha keng tizimi ham bor. Biroq ular asosan yirik nishonlar — qit’alararo raketa va samolyotlarga qarshi kurashishga mo‘ljallangan.

    Amaliyotdan ko‘rish mumkinki, kichik dronlar havo hujumidan mudofaa tizimlarini bosib o‘tib, Moskva viloyatiga qadar uchib borishi mumkin. Moskva viloyatida portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan dronlar topilganiga oid kamida ikkita holat ma’lum: fevral oxirida — Kolomensk tumanida, aprel oxirida — Noginsk yaqinida. Ikkala holatda ham dronlar qoldiqlari Ukrainaning “Ukrjet” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan UJ-22 Airborne dronlariga ekani ma’lum bo‘lgan.

    Bu kabi dronlarning parvoz uzoqligi 800 kilometrga yetadi, agarda ularni ukrainlar uchirgan bo‘lsa, texnik jihatdan buning imkoni bor. Tarmoq foydalanuvchilari mazkur holat Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlarini haqiqiy hujum oldidan tekshiruviga qiyoslagan. Ammo rasmiy Kiyev oldin ham, hozir ham mas’uliyatni zimmasiga olgani yo‘q.

    Kremldagi Senat saroyi gumbazi uzra portlagan dron yaqinroq masofadan uchirilgan bo‘lishi ham mumkin va shu sababli u turli mudofaa tizimlarini chetlab o‘tib, yuzlab kilometr uchishga majbur bo‘lmagan. Ammo bular shunchaki ehtimolli jihatlar, chunki hujum natijasi mavjud — roliklarda dronlar hech qanday zenit komplekslari va radioelektron kurashlarga qaramay Kremlgacha uchib kelgani tasvirlangan.

    Sodir bo‘lgan voqea Kreml harbiy strategiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

    Ukraina dronlari havo hujumidan mudofaasining barcha tizimlarini yengib o‘tib, Moskva markaziga qadar uchib kela olishi Kreml amaldorlari va urushni qo‘llab-quvvatlovchilarni bezovta qiluvchi holatdir. Saratov yaqinidagi strategik aviabazaga berilgan zarbalar va Moskva viloyatida topilgan dronlardan keyin bunga shubha qilmasa ham bo‘lardi.

    Mazkur holatda hujumning yuqori darajada aniqligi ko‘proq tashvishga solishi kerak. Ikkita dronning prezident qarorgohi gumbazigacha yetib kelishini tangani nishonga olgan o‘qqa qiyoshlash mumkin va bu holatda ikkita variant bor: yo kuchli nishonga oluvchi qurilmalarga ega yuqori malakali snayperlar ishlayapti yoki yaqin masofadan otishmoqda.

    Kreml bu kabi vaziyatda qanday yo‘l tutishi tushunarsiz. Hujum mas’uliyatini Kiyevga yuklash Rossiya hududiga qayta hujumlar amalga oshirilishining oldini olmaydi.

    Yuzaga kelgan qiyin masala Rossiya rahbariyati oldiga yana bir muammoni keltiradi: elementar xavfsizlik sabab Qizil maydonda o‘tkaziladigan harbiy paradni bekor qilish kerakdir? Xuddi Qrim va Ukrainaga yaqin joylashgan boshqa viloyatlar kabi. O‘ylash uchun vaqt juda kam qolmoqda.

    04.05.2023, 10:40   Izoh (0)   10412
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Medvedev Zelenskiyni o‘ldirishdan boshqa variant yo‘qligini aytdi

    04.05.2023, 00:10

    Yomon baho qo‘ygani sabab otib tashlangan o‘qituvchi, toj kiyish marosimi oldidan o‘rnatilayotgan ko‘chma hojatxonalar, ish tashlashga chiqqan Gollivud ssenaristla...

    03.05.2023, 23:06

    Zelenskiy Kremlga uchirilgan dronlarga qanday munosabat bildirdi?

    03.05.2023, 21:23

    Ukraina qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Zelenskiyni dorga osish taklif qilindi

    03.05.2023, 20:55

    Podolyak Putin qarorgohiga kim hujum qilganini aytdi

    03.05.2023, 20:24

    Serbiyada 14 yoshli o‘smir maktabda otishma sodir etdi. Qurbonlar bor (foto, video) 

    03.05.2023, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mask BMTni moliyalashtirishni to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 4 iyun, 00:25

    Jennifer Lopesning O‘zbekistondagi konsertiga chiptalar sotuvi qachon boshlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 00:00

    Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi

    Dunyo | 3 iyun, 23:45

    Janubiy Koreyadagi hukmron partiya rahbari saylovlardagi mag‘lubiyatini tan oldi

    Dunyo | 3 iyun, 23:38

    Andijonda haydovchining rulda chalg‘ib qolishi oqibatida 6 ta mashina to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 3-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:20

    Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari Oydan ham narida ko‘rinmoqda

    Dunyo | 3 iyun, 23:10

    Farg‘onada 55 sotix yerni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.