Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi Nikiforov Ukrainaning Kremldagi hujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Rossiya tomoniga ko‘ra, Putin qarorgohiga 3-mayga o‘tar kechasi ikkita dron hujum qilgan, ular ishdan chiqarilgan. Hujum paytida Rossiya prezidenti Kremlda bo‘lmagan, biroq Kreml hujumni Putinga suiqasd va terrorchilik harakati deb baholamoqda.
“Bizda Kremlga tungi hujumlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo, prezident Zelenskiy bir necha bor ta’kidlaganidek, Ukraina barcha mavjud kuch va vositalarni o‘z hududlarini ozod qilishga, boshqalarga hujum qilmaslikka yo‘naltiradi.
Terroristik davlat so‘zlari hayratlanarli. Terakt bu Dnepr va Umandagi kirish yo‘llari yoki Kramatorskdagi temiryo‘l vokzalidagi raketa otishmasi va boshqa ko‘plab fojialar oqibatida vayron bo‘lgan uylardir. Moskvada sodir bo‘lgan voqea, shubhasiz, 9-maygacha vaziyatning keskinlashuvi”, — deydi Zelenskiyning matbuot kotibi.
Putin qarorgohiga hujum
Ukraina 3-mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidentining qarorgohiga dronlar bilan zarba berishga uringani haqida xabar berildi. Ikkita dron Kremlni nishonga olishga qaratilgani, harbiylar va maxsus xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rgan harakatlari natijasida qurilmalar ishdan chiqarilgani ta’kidlandi.
Hujum oqibatida Putin jabrlanmaganini ma’lum qilindi, Rossiya prezidenti hodisa paytida Kremlda bo‘lmagan. Holat yuzasidan Moskvada 3-maydan boshlab dronlar uchirish taqiqlandi, 9-may paradi o‘tkazilishi rejasi esa davom etadi.
Izoh (0)