Serbiyaning Belgrad shahrida 14 yoshli o‘smir Vladislav Ribnikar nomli boshlang‘ich maktabda otishma sodir etdi. Bu haqda Informer xabar berdi.
Jurnalistlarga ko‘ra, yettinchi sinf o‘quvchisi giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan. Hodisa tarix darsida o‘qituvchi o‘smirga yomon baho qo‘yganidan keyin sodir bo‘lgan. O‘smir avval o‘qituvchiga qarata o‘q uzgan, shundan so‘ng maktab yo‘lagidagi maktab qorovuli va yana 8 nafar bolani otgan.
O‘qituvchi bo‘ynidan olgan o‘q jarohati bilan mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya o‘smirni qo‘lga olgan va uning ryukzagida beshta o‘q-dori va Molotov kokteylini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, u otasiga tegishli qurolni uydan o‘g‘irlagan.
Ijtimoiy tarmoqda yettinchi sinf o‘quvchisining hibsga olingani aks etgan video ham paydo bo‘lgan. Ofitserlar unga qurollarini tashlab, qo‘lini boshiga qo‘yib, yerga yotishni buyurgan.
“Men psixopat bo‘lganim uchun otdim”, — degan o‘smir hibsga olinish paytida.
O‘quvchilarning aytishicha, otishma paytida uning ko‘zlarida sovuqqonlik kuzatilgan. Voqea joyida tez yordam xizmati va politsiya xodimlari ishlamoqda. Hodisada 16 nafar bola jarohatlangan, bir qancha o‘quvchilar og‘ir ahvolda reanimatsiyada yotibdi.
Izoh (0)