Timur Muhammadjonov “O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov “Daryo”ga ma’lum qildi.
U tayinlovga qadar “O’zkimyoimpeks” MChJ direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ushbu lavozimda Jo‘rabek Mirzamahmudov ishlab kelayotgan edi. Jo‘rabek Mirzamahmudov 2022-yilning sentabr oyida prezident farmoni bilan Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazirning yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari — energetika vaziri lavozimiga tasdiqlangan.
Izoh (0)