Hindistonning Nagpur shahrida ayollarni fohishalikka majburlab kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Qutqarilgan qizlar orasida o‘zbekiston fuqarosi ham bor.
Politsiyaning ta’kidlashicha, jinoiy guruh yuqori darajadagi amaldorlarni fohishalar bilan ta’minlab kelgan. Buning uchun shahardagi 5 yulduzli mehmonxonalarning biridan foydalanilgan.
Jinoiy guruhni fosh qilish uchun politsiya ikki nafar soxta mijozni yubordi.
Jinoiy guruh a’zolari soxta mijozlarni Vardha Roud mehmonxonasiga chaqirishlari bilan Nagpur politsiyasi ularni qo‘lga oldi.
Tezkor tadbir davomida Banti taxallusiga ega Bilol Ahmad va Rajkumar Gadlevar ismli vositachilar politsiya tomonidan ushlandi.
Shu bilan birga, mehmonxonaning ikki xonasidan uch nafar qiz ham politsiyaga olib ketilgan.
Ulardan ikki nafari Dehli shahridan. Yana biri esa O‘zbekiston fuqarosi ekanligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)