Filippin qirg‘oqlarida 5,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Keyinroq yana 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida Filippin Seysmologiya instituti xabar qildi.
Zilzila epimarkazi Makonakon munitsipalitetidan 15 km shimoli-sharqda joylashgan. Aholisi 3,9 ming kishi. Zilzila manbasi 42 km chuqurlikda joylashgan.
Mazkur hududda birinchi zilzila sodir bo‘lganidan beri turli magnitudali 9 ta zilzila sodir bo‘ldi: 2,3 dan 4,2 ballgacha. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha sunami xavfi yo‘q. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)