Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Qarshi tumani hududida yonib ketgan “Jiguli” ichidan inson jasadi topilgani aytilgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida kanal chetidagi yo‘lning oldida “Vaz-2106” rusumli avtomashina yonib ketganini, avtomashina ichidagi haydovchi o‘rindig‘ida inson jasadi borligini haqidagi xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha tegishli ekspertizalar tayinlangan. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan ikkita yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)