• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    “O‘g‘il bo‘lib tug‘ilishi kerak bo‘lgan qiz”. Qanday qilib Joan Rouling tarixdagi eng boy yozuvchiga aylandi?

    Garri Potter va Joan Roulingning tug‘ilgan kuni bir kunda — 31-iyul. Bu yozuvchi va uning qahramonini birlashtiradigan yagona narsa emas. Ularning ikkalasi ham onasidan erta ayrilgan, oilasida o‘zlarini begonadek his qilgan va dementorlar bilan bevosita tanish bo‘lgan. Mashhur hikoya qanday tug‘ilgani va Joan Rouling kitoblari dunyoni ko‘rishi uchun nimalarni boshdan kechirgani bilan tanishing.

    Foto: Getty Images

    O‘g‘il bo‘lib tug‘ilishi kerak bo‘lgan qiz

    Joan Rouling 1965-yil 31-iyulda Bristolda tug‘ilgan. Uning otasi Piter aviatsiya muhandisi, onasi Enn esa kimyogar edi. Ota-ona o‘g‘il farzand kutishgan, qizi dunyoga kelganida esa biroz xafa bo‘lishadi. Bolaligida qizchaga doim ko‘k rangdagi kiyimlar kiydirishgan, sochini kalta qilib kestirishgan va ismining erkakcha versiyasi — Jo deb atashgan.

    Intervyularining birida Rouling bolaligi hayotidagi eng dahshatli davr bo‘lganini aytadi. Onasi og‘ir kasal edi. Otasi bilan munosabatlari yaxshi emasdi. Joan haqiqatdan qochib, kitoblarga yashirinardi. U “sepkilli va katta ko‘zoynakli” haqiqiy kitob qurti ekanligini eslaydi.

    “Men yoshligimdan yozuvchi bo‘lishni orzu qilardim. Keyinchalik kitoblar yozilishini, yerdan o‘z-o‘zidan o‘sib chiqmasligini angladim”.

    Jo o‘zining birinchi ertagini 6 yoshida o‘ylab topadi. Bu Quyon ismli quyon haqida hikoya edi. Intervyuda Rouling: “Birorta ham odam mualliflik huquqini sotib olib, film suratga olmaganiga hayronman, men bu kitobdan juda faxrlanardim”, deb hazillashadi.

    Million dollarlik g‘oyaning paydo bo‘lishi

    Jo yozishda davom etadi. Ammo yaxshi asar g‘oyasi ha deganda kelavermasdi. Bir kuni poyezdda ketayotganida uning xayoliga kichkina sehrgar haqidagi hikoya keladi. Sehrgar ekanligini bilmagan bola sehrgarlik maktabiga boradi. Unda to‘rtta fakultet, g‘ayrioddiy fanlar, afsungar o‘qituvchilar dars beradi. Joan o‘ylayveradi, xayoliga ajoyib voqealar kelaveradi. Fikrlarini yozish uchun yonida qalami ham yo‘q edi, lekin bu Roulingni to‘xtata olmasdi.

    Opra Uinfri bilan suhbatda Joan hech qachon bolalar uchun yozishni rejalashtirmaganini aytadi. U bolalar dunyosini haqiqatan ham tushunmasdi, murakkab gaplarni va murakkab mavzularni yaxshi ko‘rardi. Ammo Garri Potter haqidagi hikoya uning xayoliga kelganida, u darhol tushundi — aynan mana shu, unga kerak asar!

    Kitob qahramonlari 1990-yilda tug‘ilgan, biroq birinchi qismni yozish uchun olti yil vaqt ketadi. Intervyuda yozuvchi o‘z qahramonlarini yaxshi bilishini, shuning uchun u sujetga e'tibor qaratishga qaror qilganini aytadi. Uning fikricha, mantiqiy o‘ylangan sujet juda muhim — birinchi kitobini yozish paytida butun boshli voqealar ko‘z oldidan o‘tadi.

    Haqiqatan ham mavjud bo‘lgan dementorlar

    Xuddi shu 1990-yilda, o‘n yillik og‘ir kasallikdan so‘ng Joanning onasi vafot etadi. Bu vaqtda yozuvchi allaqachon kitobi ustida ishlayotgan edi. Ammo u onasiga o‘z g‘oyasini aytishga ulgurmaydi, keyinchalik bundan pushaymon bo‘ladi.

    Uning boshiga tushgan qayg‘udan qutulish uchun Rouling Portugaliyaga ishlashga ketadi. U yerda u telejurnalist Jorj Aratish bilan tanishadi. Ular turmush qurishadi va qizi Jessika dunyoga keladi. Ammo bu turmush havas qilarli darajada bo‘lmaydi. Rouling oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgani aytiladi. Ammo Joanning o‘zi bu haqda gapirishni yoqtirmaydi. Opra Uinfri bilan suhbatda yozuvchi birinchi turmushi va ajralishi unga hamma narsaga bardosh berishini o‘rgatganini aytadi.

    Rouling Shotlandiyadagi singlisining oldiga boradi. Yozuvchi yolg‘iz, pulsiz, kichkina bolasi va qo‘lida Garri Potterning uchta bobi bor edi. Qanday qilib bo‘lmasin, kitobni pullash uchun uni oxirigacha yozishga qaror qiladi. Qizini yonida uxlatib qo‘yib, Jo kafeda ham ishlaydi.

    Bu davrda Rouling klinik depressiyani boshdan kechiradi. U har doim depressiv tashvishga moyil bo‘lganini eslaydi — 25 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan davr uning hayotidagi eng qorong‘i davr edi.

    “Depressiya bu — sovuqlik va his-tuyg‘ularning umuman bo‘lmasligi. Va bu qachondir tugashiga umidning yo‘qligidir. Buni boshdan kechirmagan odamga tushuntirish qiyin”.

    Depressiya yozuvchini dementorlarni — insonning barcha quvonchlarini so‘rib oladigan zulmat mavjudotlarini yaratishga ilhomlantiradi.

    Erkak taxallusi ostidagi muvaffaqiyat

    Kitob tayyor bo‘lgach, Rouling qo‘lyozmani 12 ta nashriyotga topshiradi — ularning barchasidan rad javobini oladi. Ammo yozuvchi taslim bo‘lmaydi.

    "Men o‘zimga juda ishonadigan odam emasman. Ammo so‘zsiz ishonadigan yagona narsa bor edi — men hikoyalar aytib bera olaman”.

    O‘n uchinchi urinish Bloomsbury direktorining 8 yoshli qizi Elis Nyuton tufayli muvaffaqiyatli bo‘ladi. Qiz qo‘lyozmaning birinchi boblarini o‘qib chiqadi va davomini ham so‘raydi. Shunday qilib, Rouling birinchi kitobni chop etish huquqiga va 1500 funt avansga ega bo‘ladi.

    Muharrir Barri Kanningem yosh sehrgar hikoyasi o‘g‘il bolalarga ham, qizlarga ham yoqadi, degan qarorga keladi. Ammo u o‘g‘il bolalar ayol kishi yozgan kitobni o‘qishiga shubha qiladi. Shuning uchun u Joanga ismining bosh harflari bilan imzo chekishni taklif qiladi. Ikkinchi ismi yo‘qligi uchun u sevimli buvisining ismini oladi — Ketelin — J.K. Rouling taxallusi shunday paydo bo‘ladi. Biroq uzoq vaqt davomida o‘quvchilardan haqiqatni yashirishning iloji bo‘lmaydi. Kitob nihoyatda mashhur bo‘lib ketgacha, matbuotda Roulingning fotosuratlari paydo bo‘ladi.

    Joan yozishda davom etadi. Muxlislar Garri Potter haqidagi hikoyaning davomini intiqlik bilan kutishardi. Odamlar kitob olish uchun soatlab navbatda turishardi. Rouling bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ladi va tarixdagi birinchi milliarder yozuvchiga aylanadi. Garri Potter olami kitoblardan tashqariga chiqib, 2001-yilda birinchi qismning ekranlashtirilgan variant chiqadi. 2010-yilda esa Garri Potter olamiga bag‘ishlangan ko‘ngilochar park ochiladi.

    Rouling Opra Uinfriga qashshoqlikdan boshlab moliyaviy farovonlikning barcha bosqichlarini bosib o‘tganini aytadi. Uning uchun boylik Shotlandiyadagi sevimli mehmonxonasiga borib, sokinlikda ishlash imkoniyatidir. Va yana ikkinchi er va uchta farzandi bilan oilaviy ta'tilni rejalashtirayotganda cheklovlar yo‘qligidir. Yozuvchining qolgan hayoti o‘zgarmagan. Misol uchun, u tez-tez jamoat transportida sayohat qiladi, chunki mashina haydashni bilmaydi.

    Odamni kuchli qiladigan muvaffaqiyatsizliklar

    Yozuvchi mag‘lubiyatdan qo‘rqmaydi: “Hamma muvaffaqiyat haqida gapiradi, ammo omadsizlik haqida hech kim gapirmaydi. Muvaffaqiyatsizliklar ham muhim. Ular bunga chiday olishingizni ko‘rsatadi”.

    Bugungi kunda ham Rouling yozishda davom etmoqda. U Robert Gelbreyt taxallusi bilan bolalar uchun ham, kattalar uchun ham kitoblar nashr etadi

    “Men doim yozaman — shunchaki to‘xtay olmayman. Bu mening ruhiy salomatligim uchun juda muhim”.

    02.05.2023, 21:20   Izoh (0)   8817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sayyoradagi eng boy ayol kim va u qanday qilib bunchalik boyib ketgan?

    01.05.2023, 22:00

    Toshkent va Farg‘onada aksiz markasiz tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi to‘xtatib qolindi

    02.05.2023, 19:35

    Shaxmat o‘rgatishi mumkin bo‘lgan 7 ta hayotiy saboq 

    28.04.2023, 18:06

    Milliarder xonimlar: Forbes-2023 ro‘yxatidan o‘rin olgan dunyodagi eng boy ayollar va ularning muvaffaqiyat sirlari

    14.04.2023, 14:50

    Nega yahudiylar juda boy? Milliarder bo‘lish uchun ular amal qiladigan 10 ta qoida

    13.04.2023, 09:44

    Nima uchun soch to‘kiladi va uni qanday to'xtatish kerak? Trixolog javob beradi 

    04.04.2023, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.