Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 30-aprel, yakshanba kuni o‘tkazildi.
“Inter” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qildi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Felipe Anderson rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmida uchta gol bilan javob qaytardi.
77-daqiqada Lautaro Martines muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 83-daqiqada Robin Gozens jamoasining ikkinchi golini urdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Martines yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.
“Napoli” “Latsio”ni bu mag‘lubiyatidan unumli foydalangan holda, chempionlik masalasini hal qilishi mumkin edi. Buning uchun neapolliklar o‘z maydonida “Salernitana”ni yutishi lozim edi.
Biroq derbida “Napoli” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shu tariqa chempionlik masalasi keyingi turlarga qoldi.
“Napoli” 79 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi “Latsio”ni (61) 18 ochkoga ortda qoldirmoqda.
A Seriya
31-tur bahslari
30-aprel, yakshanba
“Inter” – “Latsio” 3:1
Gollar: 0:1 – 30 Felipe Anderson, 1:1 – 77 Martines, 2:1 – 83 Gozens, 3:1 – 90 Martines.
“Inter”: Onana, Darmian, D`Ambrozio (Dumfris, 46), Acherbi, Bastoni (Gozens, 71; de Vrey, 86), Dimarko, Mxitaryan (Chalxono‘g‘lu, 61), Brozovich, Barella, Korrea (Martines, 61), Lukaku.
“Latsio”: Provedel, Marushich (Pellegrini, 86), Romanyoli, Kazale, Hyusay (Lazari, 86), Luis Alberto, Kataldi (Vesino, 51), Milinkovich-Savich, Felipe Anderson, Zakkanyi, Immobile (Pedro, 68).
Ogohlantirishlar: Zakkanyi (20), D`Ambrozio (35), Bastoni (62), Marushich (81), Romanyoli (90).
“Napoli” – “Salernitana” 1:1
Gollar: 1:0 – 62 Olivera, 1:1 – 84 Dia.
“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Je, Olivera (Jezus, 82), Lobotka (Simeone, 89), Zelinski (Raspadori, 60), Zambo-Angissa (Ndombele, 90), Losano (Elmaz, 60), Kvaratsxeliya, Osimhen.
“Salernitana”: Ochoa, Matssokki (Sambiya, 68), Domber, Danilyuk (Lovato, 86), Pirola, Bradarich (Bohinen, 68), Kandreva (Butheym, 46), Vilena (Pyontek, 68), Kastanos, Kulibali, Dia.
Ogohlantirishlar: Zelinski (55), Olivera (71), Danilyuk (73), Pirola (75).
Izoh (0)